Sanaqulov So‘xrob Formonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itining kuzgi bug‘doy va g‘o‘za ekinlariga ta’siri», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi  fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx336.
Ilmiy rahbar: Niyazaliev Begali Irisolievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Djuraqul Sattarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori,  professor, akademik; Sulaymonov Inomjon Jamoliddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tipik bo‘z tuproqlar sharoitida  karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itini kuzgi bug‘doy va g‘o‘za ekinlariga ta’sirini aniqlash orqali mazkur o‘g‘itni qo‘llashning maqbul muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatining eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itini qo‘llash muddatlarining kuzgi bug‘doy va g‘o‘zadagi samaradorligi asoslangan;
karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itining fosfor va kaliy fonida tuproqdagi nitrat shaklidagi azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy dinamikasiga ta’siri aniqlangan;
karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itining qo‘llash muddatlariga bog‘liq holda kuzgi bug‘doy va g‘o‘za qismlari tarkibidagi umumiy azot, fosfor va kaliy miqdorlarining o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning don va somon hosiliga hamda g‘o‘zani paxta hosili va tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itining ta’siri aniqlangan;
karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itini kuzgi bug‘doy va g‘o‘zada qo‘llashning maqbul muddatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itining kuzgi bug‘doy va g‘o‘za ekinlariga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kuzgi bug‘doy va g‘o‘zada yangi turdagi karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan va qishloq xo‘jaligi amaliyotida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 avgustdagi 02/021-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiya respublikaning kuzgi bug‘doy va paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida suyuq holatdagi azotli o‘g‘itlardan samarali foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
yangi turdagi karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itini tipik bo‘z tuproq sharoitida kuzgi bug‘doyda  N-200,  P2O5-140 va K2O-100 kg fonida maqbul qo‘llash muddatlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi PSUEAITI tajriba uchastkasining 1 ga maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 avgustdagi 02/021-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyning «Kroshka» navida karbamid-ammiakli selitra (KAS) ni P2O5-140 va K2O-100 kg fonida
N-200 kg /ga me’yorini 80 kg/ga miqdorda to‘la tuplanishda va 120 kg/ga naychalashda qo‘llanilganda 46,0 s/ga don hosili etishtirilib, kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, oziqa moddalarini o‘zlashtirishi, don hosildorligiga ta’siri ijobiy tomonga o‘zgarishiga erishilgan;
yangi turdagi karbamid-ammiakli selitra (KAS) o‘g‘itini kuzgi bug‘doy va g‘o‘zada qo‘llashning takomillashtirilgan agrotexnologiyalari Toshkent viloyatining Qibray, Bo‘ka va Navoiy viloyatining Navbahor tumanlarida jami 123 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 avgustdagi 02/021-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning azot rejimi yaxshilangan, azotdan foydalanish koeffisienti 47,6% ni tashkil qilgan holda, kuzgi bug‘doyni o‘sib rivojlanishi uchun maqbul oziqlanish sharoiti yaratilgan, kuzgi bug‘doy donidan 8–10 s/ga, g‘o‘zadan 3–4 s/ga qo‘shimcha  paxta hosili etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish