Karimova Umida Nirmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atopik dermatitli bolalarda surunkali glomerulonefrit kechishining klinik-immunologik xususiyatlari va davolashni takomillashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib272.
Ilmiy rahbar: Raxmanova Lola Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atopik dermatitli bolalarda surunkali glomerulonefrit kechishining klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali glomerulonefrit atopik dermatitli bolalarda allergik holat sababli klinik va laborator o‘zgarishlarning ortishi aniqlangan;
surunkali glomerulonefrit atopik dermatitli bolalarda allergik holatning kuchayib borishi oqibatida hujayraviy va gumoral immunitet buzilishlari va IL2, IL4 ning haddan ziyod ishlab chiqarilishi sababli ko‘p bo‘g‘inli immunologik etishmovchilik rivojlanishi aniqlangan;
surunkali glomerulonefrit atopik dermatitli bolalarda klinik, laborator va immunologik ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuchli kombinatsiyasi sababli kasallikning tez-tez qaytalanishi, gormonga tobe va gormonga chidamli shakllarining rivojlanishi aniqlangan;
surunkali glomerulonefrit atopik dermatitli bolalarda klinik, laborator, immunologik ko‘rsatkichlar o‘zgarishi va buyrak faoliyati buzilishi asosida ilk bor kasallikning surunkali buyrak etishmovchiligi bosqichiga o‘tishini erta baholovchi tashxislash usullari ko‘p bo‘g‘inli immunologik etishmovchilikni inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atopik dermatitli bolalarda surunkali glomerulonefrit kechishining klinik-immunologik xususiyatlari va terapiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Xronicheskiy glomerulonefrit u detey s atopicheskim dermatitom: osobennosti kliniki, diagnostiki i lecheniya» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 oktyabrdagi 8n-r/292-son ma’lumatnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali glomerulonefrit atopik dermatit bilan kechgan bolalarda klinik ko‘rinishlarini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Matematicheskaya model` prognozirovaniya pochechnoy nedostatochnosti pri xronicheskom glomerulonefrite u detey s atopicheskim dermatitom» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8n-r/158-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali glomerulonefrit atopik dermatit bilan birga kechganda kasallik asoratlarini erta bashoratlash va oldini olishga xizmat qilgan;
atopik dermatitli bolalarda surunkali glomerulonefrit kechishining klinik-immunologik xususiyatlari va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi, Navoiy va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 sentyabrda 8n-d/194-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirish, kasallik qaytalanish muddatini uzaytirish, asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish