Matkarimova Dilfuza Saburovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi gemorragik diatezlarning klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari» 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib220.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Baxramov Saidjalol Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFA akademigi; Babadjonova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immun mikrotrombovaskulit va immun trombotsito-peniyaning klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish asosida kasalliklarning rivojlanishi va klinik kechishini prognozlashning mezonlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
immun mikrotrombovaskulitda (abdominal va nefrotik sindromlarning og‘ir ko‘rinishi, oshqozon-ichak traktidan qon ketishi, kasallikning yiliga 2 martadan ko‘proq takrorlanishi), shuningdek immun trombotsitopeniyada (og‘ir qon ketishlar, kasallikning yiliga 2 martadan ko‘proq takrorlanishi) kasalliklarning og‘ir kechish prediktorlari aniqlangan, hamda kasalliklarning klinik remissiyasi davrida kuzatiladigan gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar va immun komplekslar miqdorining oshishi jarayonning takrorlanishi va surunkali turiga o‘tish prediktorlari sifatida ko‘rish mumkinligi asoslangan;
molekulyar-genetik tashxislashda immun mikrotrovaskulit bilan xastalangan bemorlarda TNF-α (rs1800629), IL-1β (rs1143627), IL-6 (rs1800795), VEGFA (rs2010963), AGTR1 (rs5186), END1 (rs5370) va immun trombotsitopeniya bilan kasallangan bemorlarda esa  TNF-a (rs1800629), IL-1β (rs1143627), IL-6 (rs1800795) genlar polimorf lokuslarining allel va genotiplar taqsimlanishi xususiyatlari isbotlangan;
immun mikrotrombovaskulitning rivojlanishida TNF-a (rs1800629) va VEGFA (rs2010963) genlarning, shuningdek immun trombotsitopeniya shakllanishida TNF-a (rs1800629) genining genotipik variantlarini patogenetik roli belgilangan hamda kasallikning prediktiv tashxisotidagi ahamiyati  asoslangan;
immun mikrotrombovaskulit bilan xastalangan bemorlarda kasallikning og‘irligiga bog‘liq holda VEGFA (rs2010963) genining mutanosib G/G genotipi uchrashida  sezilarli farqlari hamda genetik marker kasallikning og‘ir darajada kechishini rivojlanishining  oldindan bashorat qilishdagi ahamiyati  isbotalangan;
klinik-biokimyoviy va genotipik ma’lumotlar tahlili asosida immun mikrotrombovaskulit va immun trombotsitopeniyaning rivojlanish xavfi va klinik kechishini bashoratlash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ba’zi gemorragik diatezlarning klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«TNFα (rs1800629) va  VEGFA (rs2010963) sitokin genlarining polimorf variantlarining deteksiya usulini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/178-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma TNFα (rs1800629) va  VEGFA (rs2010963) polimorfizmining noxush genotiplarini tutishidagi o‘rnini, kasallikning kechishida og‘irlik darajasining shakllanishida ushbu genlarning ahamiyatini baholash imkonini bergan;
«Molekulyar-genetik tadqiqot usullari asosida immun mikrotrombovaskulitning og‘ir kechishini differensial profilaktika usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/178-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma immun mikrotrombovaskulitning og‘ir kechishini molekulyar-genetik usullari asosida differensial profilaktik usulini aniqlash imkonini bergan;
«Immun mikrotrombovaskulit va immun trombotsitopeniyaning qadamma-qadam algoritm tashxisoti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/178-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma immun mikrotrombovaskulit va immun trombotsitopeniyaning qadamma-qadam baholash agoritmini asoslash imkonini bergan;
ba’zi gemorragik diatezlarning klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan,  Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo filiali va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 noyabrdagi 8n-z/184-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi immun mikrotrombovaskulit va immun trombotsitopeniyani prediktiv tashxislash sifatini yaxshilashga, kasalliklarni rivojlanish xavfini va og‘ir kechishini bashorat qilish, shuningdek, ushbu kasalliklarga chalingan bemorlarning yashash sifatini  yaxshilashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish