Kurbanov Baxodir Bobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Genital prolapsni davolashda jarrohlik usulini yangilash», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib736.
Ilmiy rahbar: Karimov Axmad Xashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodir Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: genital prolapsni davolashda sintetik tasma yordamida jarrohlik usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor genital prolapsni bartaraf etishda  qin cho‘ltog‘ini sintetik tasma hamda  uning distal va proksimal qismlari dumg‘aza-bachadon va dum suyagi-quymich boylamlariga mos ravishda mahkamlanishi yuqori samaradorlikka olib kelishi isbotlangan;
ilk bor enterotseleda dumg‘aza-bachadon va dumg‘aza-o‘tirg‘ich boylamlarini hamda qin devorlarini sintetik tasma bilan birga tikish residivlar kelib chiqishini kamaytirishi  isbotlangan;
genital prolaps operatsiyasida dumg‘aza-bachadon boylamlarining pliksiyasi va TVT-O bilan birlashtirish stressli siydik tuta olmaslikni bartaraf etishi aniqlangan;
genital prolapsning  birinchi darajasi bo‘lgan reproduktiv yoshdagi  ayollarda sintetik prolenli tasma bilan dumg‘aza-bachadon boylamlarini kaltalashtirish usuli ularning generativ funksiyasini saqlab qolishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Genital prolapsni xirurgik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ayollarda enterotseleni jarrohlik davolashning modifikatsiyalashtirilgan usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/155-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda enterotseleni jarrohlikning yangi o‘zgartirilgan usuli yordamida samarali davolashga imkon yaratgan;
genital prolapsni xirurgik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati perinatal markazi va 1-sonli Respublika markaziy klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 sentyabr`dagi 8n-z/155-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirgan, takomillashtirilgan jarrohlik usulini qo‘llash  prolapsda intraoperatsion asoratlar va residivlarini kamaytirish orqali ayollar hayoti sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish