Ruzieva Nodira Xakimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta tug‘ruq xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda diagnostika, davolash va profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib267.
Ilmiy maslahatchi: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dil`fuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erta tug‘ruq xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda tashxislash, davolash va profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor muddatdan avval tug‘ruq xavfi bor homiladorlar ichak mikrobiotasidagi Lactobacterium va Vifidobacterium miqdorining kamayishi hamda Enterococcus va Klebsiella miqdorining ortishi qindagi lakto-, bifidobakteriyalar miqdori kamayishi hamda shartli patogen florasi (Ebacteria va Prevotella, Peptostreptococcus) ortishiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor muddatdan avval tug‘ruq xavfi bor homiladorlarda endotelial disfunksiya rivojlanishi eruvchan adgeziya molekulalari (sVCAM-1, sP-selektin, neopterin) miqdorining ortishi bilan proporsional ravishda endoteliy apoptozi omili (anneksin A-5) miqdorining ortishiga bog‘liqligi aniqlangan;
mudatdan avval tug‘ruq xavfi bor homiladorlarda trombofilik holatlar va trombotik asoratlar rivojlanishiga qondagi tabiiy antikoagulyantlar (AT-III) miqdori kamayishi bilan D-dimer miqdorining keskin ortishi sabab bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor muddatdan avval tug‘ruq xavfi bor homiladorlarda tizimli endotoksemiyaning rivojlanishi qondagi lipopolisaxaridlar va serulloplazmin miqdorining ortishi, qin va ichak mikrobiotasining buzilishi hamda gistaminoz va diaminooksidaza faolligining pasayishiga bog‘liqligi isbotlangan;
homilador ayollarda jinsiy progesteron gormonining estradiol garmoniga nisbati qonda va so‘lakda bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lishi hamda bu nisbatning me’yorga nisbatan pasayishi muddatdan avval tug‘ruq xavfi ortishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta tug‘ruq xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda tashxislash, davolash va profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gipergomotsisteinemiyadagi muddatdan avval tug‘ruq profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 8n-r/134-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashxislashda umumklinik o‘zgarishlarni aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Muddatdan avval tug‘ruq havfining yangi biokimyoviy va immunologik markerlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 8n-r/140-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta tug‘ruq xavfi rivojlanishiga olib keluvchi yangi markerlarni aniqlash, yuzaga kelishi mumkin asoratlarni bashorat qilish, xavf guruhini aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Gistidinsiz parhez bilan muddatdan avval tug‘ruqning profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 8n-r/141-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta tug‘ruq xavfi bor guruhlarda oshqozon-ichak kasalliklarini aniqlash, ularda gistidinsiz parhezni qo‘llash va ushbu holatlar klinikasida kelib chiqadigan asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishga xizmat qilgan;
erta tug‘ruq xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda tashxislash, davolash va profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika perinatal markazi, Xorazm va Andijon viloyat perinatal markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 8n-r/141-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali muddatidan juda erta va spontan boshlanishi mumkin bo‘lgan tug‘ruqlar rivojlanishi xavfini kamaytirish, homiladorlik davrini uzaytirish va olib borish taktikasini takomillashtirish va kasalxonada yotish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratgan.