Maxmudov Zafar Mamadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi chanoq-son bug‘imini o‘tkir gematogen osteomieliti (diagnostika va davolashning zamonaviy usullari)», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib529.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat medisina instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Shavkat Teshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtier Berdaliveich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat medisina universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda chanoq-son bug‘imini o‘tkir gematogen osteomielitini tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tananing endogen zaharlanish darajasi va radiatsiya usullarining kompleks ma’lumotlari (kompyuter tomografiyasi va ul`tratovush sonografiyasi)ni hisobga olgan holda chanoq-son bo‘g‘imini o‘tkir gematogen osteomielitining og‘irligini tekshirish mezonlari aniqlangan;
bolalarda chanoq-son bo‘g‘imini o‘tkir gematogen osteomielitini tekshirishda ul`tratovush va kompyuter tomografiyasining diagnostik ahamiyatidagi jiddiy tafovutlar isbotlangan;
chanoq-son bo‘g‘imini o‘tkir gematogen osteomielitini jarrohlik davolashda mushaklarning, bog‘lovchi apparat va kapsulasini shikastlanish darajasini kamaytirishga qaratilgan usul ishlab chiqilgan;
jarrohlik amaliyoti xususiyatlarining (chanoq-con bo‘g‘imini to‘g‘ri ochish va yiringni drenajlash sifati) ortopedik asoratlar rivojlanishi va o‘tkir gematogen osteomielitning surunkali shaklga o‘tishiga ta’sirining sabab-oqibat munosabatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda chanoq-son bo‘g‘imini o‘tkir gematogen osteomielitini tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Bolalarda chanoq-son bug‘imini o‘tkir gematogen osteomieliti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-z/173-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanmada keltirilgan yangi yondashuvlar va ishlanmalar jarrohlik davolash usulini sezilarli darajada yaxshilash va kasallikning ortopedik asoratlarining oldini olish imkonini bergan;
bolalarda chanoq-son bug‘imini o‘tkir gematogen osteomielitini tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Jizzax va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalari va Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi 8n-d/232-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning taklif qilingan natijalari kasal bolalarda ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam doirasini sezilarli darajada kengaytirish, statsionarda davolanish davomiyligini 43,18 ± 3,08 kundan 22,89 ± 0,66 kunga qisqartirish va ortopedik asoratlarni 68,9% dan 15,3% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish