Umarov Odiljon Mahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz va jag‘larning qo‘shma jarohatlarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya va 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib220.
Ilmiy rahbarlar: Jilonov Abdubori Astanaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Isoqov Erkin Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Radmir Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Iskandarova Shaxnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tez tibbiy yordam sharoitida yuz va jag‘lar sohasining qo‘shma jarohatlari diagnostikasi va davolash taktikasining optimal usuli va yo‘lini aniqlash va uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor shoshilinch tibbiy yordam amaliyotida ishlab chiqilgan “EXTERNET” kompyuter dasturini qo‘llash orqali yuz-jag‘ sohasi qo‘shma jarohatlarida jarohatning dominant belgisini aniqlash bilan shoshilinch tibbiy yordam hajmi va ko‘lami tasdiqlangan;
shikastlanishning og‘irlik darajasini ob’ektiv baholovchi shkala asosida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning ko‘lami va hajmi aniqlanib, ular davolashning optimal usuli ekanligi isbotlangan;
yuz-jag‘ sohasi suyaklari sinishlarini davolashda kam invaziv usul sifatida miniplastinka va implantlarni qo‘llash, yuz va jag‘larning qo‘shma jarohatlarini davolashdagi yuqori samarasi yiringli-yallig‘lanish asoratlarni keltirib chiqaruvchi endotoksikoz manbalarini bartaraf etishi bilan isbotlangan.
yuz-jag‘ sohasi qo‘shma jarohatlarini miniplastinka va implantlarni qo‘llash samaradorligi asoslanib, u yuz sohasidagi to‘qimalarni tashqi kesimlarisiz, atravmatik, kosmetik nuqsonlarsiz tiklash imkoni isbotlangan.
yuz va jag‘lar sohasi qo‘shma jarohatlarining davolash natijalari osteosintezni bajarish muddatiga, shikastlanish og‘irligiga va osteosintez kunidagi jarohatlanuvchining holatiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz suyaklarini sinishi diagnostikasi va eng qulay davolash usulini tanlash va taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Yuz va jag‘larning qo‘shma jarohatlarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-r/112-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma og‘ir qo‘shma jarohatlarda shikastlanganlarni shoshilinch tez yordam bo‘limiga tushishi, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida bo‘lishi paytida og‘irlik holatini ob’ektiv baholovchi mezonlarga (shikastlanganlarning tushgan paytidagi holat – ShTPH, shikastlanganlarning 1 sutkadagi holati – ShBSH shkalalari) asoslanib, shikastlanish monitoringini olib borish, kompensatsiya darajalarini oqilona aniqlash va davolash taktikasini tanlash imkonini bergan;
“Shoshilinch tibbiy yordam sharoitida yuz va jag‘larning qo‘shma jarohatlarini davolash taktikasini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 martdagi 8n-r/70-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma og‘ir yuz-jag‘ sohasi qo‘shma jarohatlari bilan shikastlanganlarga yuqori darajadagi ixtisoslashgan shoshilinch tez tibbiy yordamni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shuningdek, diagnostika va davolash ishlarida yuqori samaraga erishish uchun respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari va subfiliallarini hozirgi zamon diagnostik va davolash asbob uskunalari (nur diagnostika vositalari, endovideojarrohlik apparatlari, o‘choqli tashqi kam invaziv sinishlarini fiksatsiyalash vositalari) bilan ta’minlash uchun keng yo‘l ochib bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish