Shaymardanov Erkin Karjovovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuqqan ayollar chanoq tubi disfunksiyasida defekatsiya buzilishini tashxislash va davolash ratsional konsepsiyasi», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib119.
Ilmiy rahbar: Navruzov Bexzod Sarimbekovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdujapparov Sulaymon Baxriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.N. Rijix nomidagi davlat koloproktologiya ilmiy markazi» Federal davlat ilmiy byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuqqan ayollar defekatsiya faoliyati buzilishida jarrohlik usullarini optimallashtirish orqali davolash natijalarini va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chanoq tubi disfunksiyasi bo‘lgan bemorlar defekatsiya faoliyatini kompleks baholashda to‘g‘ri ichak va anal sfinkterining klinik va funksional tadqiqot usullari informativligi aniqlangan;
tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali tuqqan ayollarda proktologik va uroginekologik buzilishlar og‘irlik darajasini belgilovchi barcha tashxislash jihatlarni umumlashtirgan oraliq sohasini baholash integral tizimi takomillashtirilgan;
tuqqan ayollarda chanoq a’zolari prolapsi rivojlanishida tug‘ruq jarayoni kechish xususiyatlari, tug‘ruq travmatizmi, kasb faoliyati, antropometrik ko‘rsatkichlari va yondosh urogenital buzilishlar mavjudligi kabi spesifik xavf omillarini hisobga olgan holda klinik va patogenetik jihatlari aniqlangan;
tuqqan ayollarda defekatsiya buzilishi og‘irlik darajasiga qarab chanoq tubi disfunksiyasi seksual faoliyat va hayot sifatiga ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chanoq tubi disfunksiyasida defekatsiya buzilishi bilan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ayollarda chanoq tubi disfunksiyasini tashxislash xususiyatlari va davolash taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 8n-z/178-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qo‘llanilishi davolash taktikasini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini pasaytirish imkonini bergan;
chanoq tubi disfunksiyasida defekatsiya buzilishi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika 1-son klinik kasalxonasi koloproktologiya bo‘limi, Respublika 2-son klinik kasalxonasi va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 8n-z/178-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning olingan natijalari amaliyotga tatbiq etilishi tashxislash bosqichida xatolarni 23,1% dan 8,3% gacha, amaliyotdan keyingi erta asoratlar chastotasini 15,4% dan 8,3% gacha va kasallik qaytalanishini 11,5% dan 4,2% gacha kamaytirish hisobiga tibbiy yordam sifatini yaxshilash imkonini bergan.