Murtazaev Saidazim Saidazamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda mezial okklyuziyani differensial ortodontik davolashni ishlab chiqish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib238.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Sunnat Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kovach Ilona Vasil`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ukraina); Mamekov Abirbek Dosbolganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navarre xalq Universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda mezial okklyuziyaning klinik-rentgenologik, biometrik ko‘rsatkichlari tahlili asosida differensial ortodontik davolashga yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tish qatorlarining yon va frontal bo‘limlari nisbat indeksi pastki tish qatorlarining yuqoriga nisbatan meziodistal kengligi ortishi hisobiga aralash va doimiy tishlov davrida buzilganligi Bolton ko‘rsatkichlari asosida aniqlangan;
bolalardagi mezial okklyuziyaning etiopatogenetik omillaridan biri frontal sohada pastki jag‘ tishlarining meziodistal o‘lchamlarini yon sohaga nisbatan solishtirilganda o‘lchamlar kattaligi isbotlangan;
kraniometrik o‘lchovlar asosida aralash tishlov davridagi ortodontik davolash bosh chanog‘i asosining old sohasi old kesmasi uzunligining oshishi, doimiy tishlar tishlovi davrida esa ortodontik davolash yakunlangandan so‘ng bosh chanog‘i asosining old bo‘lim orqa kesmasi uzunligining oshishi isbotlangan;
oziq tishlar orasiga vertikal o‘rnatilgan mikroimplant mezial okklyuziyali bolalarda pastki tish qatori distalizatsiyasida tayanch sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
mezial ochiq tishlovni oziq tishlar sohasida yuqori jag‘larga o‘rnatilgan mikroimplant yordamida davolashda yuzning oldingi pastki balandligi sezilarli kamayishi va davolash muddatlari qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda mezial okklyuziyaning differensial ortodontik davolashni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«III sinf tishlov anomaliyalarini mikroimplantant tayanchlari bilan pastki tish qatorini distalizatsiya usuli bilan davolash» uslubiy tavsifnomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsifnoma pastki tish qatorini distal surilishi uchun oziq tishlari orasida mikroimplantantlarni o‘rnatish bilan mezial okklyuziyali bolalarda davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Mikroimplantantlarni qo‘llash bilan mezial ochiq tishlovni jarrohlik usullarisiz davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsifnoma oziq tishlar ekstruziyasi mavjud mezial ochiq tishlovli bolalarni o‘sib qolgan oziq tishlar intruziyasini mikroimplantantlar yordamida tayanch hosil qilish, davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Cephalopro kompyuter dasturini qo‘llagan holda tish-jag‘ nuqsonlarini tashxislash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsifnoma kompyuter dasturini qo‘llagan holda tish-jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bolalarda tashxislash samaradorligini takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda mezial okklyuziyaning differensial ortodontik davolashni ishlab chiqish va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 3-son bolalar stomatologik poliklinikasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi 8n-d/150-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning klinik amaliyotga joriy qilinishi yuz-jag‘ tizimi deformatsiyasi va anomaliyalarini erta tashxislash va mezial tishlovni ortodontik davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish