Salahiddinov Kamoliddin Zuhriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urolitiazning medikamentoz davo usullarini takomillashtirish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib108.
Ilmiy maslahatchi: Alekseev Andrey Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat  tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karabaev Xudoyberdi Karabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Xar`kov milliy tibbiyot universiteti (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy jarohat qoplamlari va inson teri hujayralaridan foydalanish asosida teri qoplamlarini tiklashning biotexnologik usullarini takomillashtirish asosida kuyishdan jabrlanganlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keng kuyishda biosintetik («Biokol», «Parapran») va gidrogelelli jarohat qoplamalari («Biokol gel», «Gelepran») ta’sirida jarohat yuzasini mexanik himoyalash hamda regenerativ jarayonlar faollashishining asosiy patofiziologik xususiyatlari aniqlangan;
gel kompozisiyasida taqsimlangan o‘stirilgan fibroblastlarni qo‘llash bilan kuyishning turli og‘ir darajalarida chuqur jarohatlarni davolash usullari ishlab chiqilgan;
regenerativ jarayonlarni kuchaytirish va nekrozlangan to‘qimalardan kuygan jarohatni tozalashga yordam beruvchi yangi gelli jarohat qoplamini qo‘llash bilan kuyishning turli og‘ir darajalarida keng jarohatlarni davolash usullari ishlab chiqilgan;
interferension tadqiqotda keng kuygan teri tanqisligi autodermoplastika kombinatsiyasida geldan foydalanish regenerativ jarayonlarning kuchayishiga sabab bo‘luvchi hayotiylikning uzoq muddatda saqlanishi va fibroblastlar proliferatsiyasining ortishini ta’minlashi ko‘rsatilgan;
namlantiruvchi samaraga ega material tiniqligi va fiksatsiya zichligi, nekrotik to‘qima hamda fibrindan tozalanish sifati, anatomik modellashtirish, shuningdek, epitelizatsiya muddatiga ta’siri hisobga olingan holda ishlab chiqilgan jarohat qoplamalarining klinik-biologik xususiyatlari aniqlangan;
yuzaki va chuqur kuyishning turli darajalarida regeneratsiya jarayonida gel asosida turli biosintetik jarohat qoplamlari va o‘stirilgan fibroblastlarning biologik ta’siriga xos xususiyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli sohalarning yuzaki, chuqur va keng kuyishidan jabrlangan bemorlarni davolash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan «Chuqur kuyishni davolash usullari»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№RU 2385744-10.04.2010 y.). Tavsiya qilingan usul chuqur kuyishni davolash natijalarini yaxshilash, yiringlash, transplantat lizisi va o‘lim singari asorat miqdorining kamayishiga yordam bergan;
ishlab chiqilgan «Keng kuyishni davolash usullari»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№RU 2386436-20.04.2010 y.). Tavsiya qilingan usul mahalliy asorat tezligining qisqarishi va regeneratsiya jarayonining kuchayishi hisobiga yuzaki kuyishni davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi;
“Kuygan jarohatlarni davolash usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 8n-r/176-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan tavsiyanoma davolash sifatini yaxshilash, teri qoplamlari tiklanish muddatini tezlashtirish, asoratlarni kamaytirish va bemorlarni kasalxonada davolanish muddatini qisqartirishga imkon bergan;
yuzaki va chuqur kuyishdan jabrlangan bemorlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimining amaliy faoliyatiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon va Buxoro viloyat filiallari amaliy faoliyatiga  tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 8n-r/176-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan tadqiqot natijalari asosida keng yuzaki va chuqur kuyishdan jabrlangan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish spektrining kengayishiga, shuningdek erta muddatlarda umumiy asoratlarning 15% dan 6,8% kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish