Payg‘amov Raximjon Abdukayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Daraxt poyalari asosida faollangan ko‘mir adsorbentlarini olish va ularning adsorbsion xossalarini o‘rganish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K215.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy daraxt poyasi va chiqindilari asosida import o‘rnini bosuvchi ko‘mir adsorbentlar olish va ularda organik moddalar adsorbsiyasi hamda adsorbsiya termodinamikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chinor daraxti poyasini suv bug‘i yordamida faollantirib olingan ko‘mir adsorbentlarning benzol bug‘i adsorbsiyasining to‘liq termodinamik xususiyatlari aniqlangan;
termik piroliz yordamida turli daraxt poyalari asosida faollantirib olingan ko‘mir adsorbentlarning benzol bug‘lari bo‘yicha adsorbsiyasi quyidagicha FChDK>FYaDK>FGDK>FO‘DK>FYoDK kamayib borishi aniqlangan;
800oS da suv bug‘i yordamida turli daraxt poyalari asosida faollantirib olingan ko‘mir adsorbentlarning benzol bug‘lari bo‘yicha adsorbsiyasi hamda solishtirma yuzasi (S) va to‘yinish hajmi (as) FChDK>FYaDK>FO‘DK>FYoDK>FGDK quyidagi qatori bo‘yicha kamayib borishi aniqlangan;
termik va suv bug‘i asosida faollantirish usullarining adsorbentlarni adsorbsiyalash hususiyatlariga ta’siri, ularning struktura-adsorbsion ko‘rsatkichlari hamda g‘ovaklar hajmi mikrog‘ovaklar hajmiy to‘yinish nazariyasi tenglamalari yordamida asoslangan;
termik va suv bug‘i yordamida yordamida faollantirib olingan daraxt ko‘miri adsorbentlari yordamida sanoat oqava suvlarini organik qo‘shimcha moddalardan tozalashning maqbul sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy daraxt poyalari va chiqindilari asosida ko‘mir adsorbentlarini olish va ularning adsorbsion xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
4000 S da termik ishlov berib olingan ko‘mir adsorbentlar «Urganch yog‘-moy» AJda oqava suvlarni yog‘ kislota qoldiqlaridan tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 sentyabrdagi
03-03/03-3529-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘mir adsorbentlari yog‘-moy sanoati oqava suvlari tarkibidan yog‘ kislotalari qoldiqlarini, mos ravishda 98,7 va 94,5%gacha tozalash imkonini bergan;
8000 S da suv bug‘i yordamida faollantirib olingan ko‘mir adsorbentlar Farg‘ona viloyati «Suv oqava» DUK Qo‘qon shahar filialida shahar kanalizatsiya oqava suvlari tarkibidagi neft` mahsulotlarini tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 sentyabrdagi
03-03/03-3529-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ko‘mir adsorbentlar (chinor daraxti va yasen` daraxti ko‘mir adsorbentlari) sanoat oqava suvlari tarkibidagi neft` mahsulotlarini 87,5 % va 78 %gacha tozalash imkonini bergan.