Bekpulatov Javlon Mustafokulievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy sanoat chiqindilaridan olingan reagentlardan foydalanib oltin tarkibdagi rudalarni qayta ishlash texnologik sxemasini ilmiy asoslash», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1089.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xamidjon, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oltin tarkibli rudalarni boyitishda mahalliy sanoat chiqindilaridan olingan reagentlardan foydalanib, qayta ishlashning texnologik sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltin tarkibli rudalarni flotatsiya usulida boyitishda mahalliy sanoat chiqindisidan olingan reagentni qo‘llash mumkinligi aniqlangan;
texnologik namunalarni har xil o‘lchamda yanchib boyitishga tayyorlab, gravitatsiya va flotatsiya usullarini qo‘llagan holda an’anaviy va mahalliy  PS-1reagentlardan foydalanib Qizilolma va Kochbuloq konlari rudalaridan yuqori texnologik ko‘rsatkichlar olish mumkinligi isbotlangan;
oltin tarkibli mexanik boyitish, gravitatsion va flotatsion chiqindilarni sianidlab sorbsiyalash natijasida eritmaga yuqori oltin va kumush ajratib olish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
oltin tarkibli rudalarni mexanik boyitish, gravio-flotoboyitmalarni sianlash va sorbsiyalash uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltin tarkibli  rudalarni mahalliy sanoat chiqindilaridan olingan reagentlardan  foydalanib, qayta ishlashning texnologik sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi mahalliy reagent PS-1 «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda oltin saralash fabrikasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2019 yil 24 sentyabrdagi 63-563/1-son ma’lumotnomasi). Natijada flotoboyitmaning chiqishi 5,4%ni va undagi oltin miqdori 128,6 g/t va kumush 643,7 g/t ni, metallarning boyitmaga ajralishi 92,6 va 63,2% ni tashkil qilish imkonini bergan;
mahalliy sanoat chiqindilaridan olingan reagentlardan foydalanib, oltin tarkibdagi rudalarni qayta ishlash texnologik sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2019 yil 24 sentyabrdagi 63-563/1-son ma’lumotnomasi). Natijada PS-1 reagentini qo‘llash ochiq siklda ham, yopiq siklda ham boyitmaning chiqishini 0,5% ga kamaytirish, ochiq siklda oltinning ajralishi 85,6–87,2%, kumushniki 50,4–34,1%, yopiq siklda esa tegishli ravishda 84,6–42,8% va 62,7–65,3% tashkil etish imkonini bergan;
Kochbuloq va Qizilolma rudalari aralashmasi flotatsiya jarayonining reagent rejimi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2019 yil 24 sentyabrdagi 63-563/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Qizilolma va Kochbuloq konlari rudasi aralashmasidan oltinning maksimal ajralishini 93,5–94,76% va kumushning ajralishini 66,3–68,52% ga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish