Mustakimov Otabek Mannabievichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ruda quyuqlashtirgichning bo‘tana qabul qilish kamerasini modernizatsiya qilish hisobiga qiyin ajraladigan oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda quyultirish jarayonini jadallashtirish», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1090.
Ilmiy rahbar: Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyultirish jarayonida qo‘llaniladigan quyultirgichlarning konstruksiyasini takomillashtirish hisobiga ularning ishlash samaradorligini oshirish va qo‘llaniladigan reagentlarning sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor flokulyantning quyultirish yuzasiga teng miqdorda va tug‘ri taqsimlanishi natijasida quyultirish jarayonidagi ko‘rsatkichlarning yuqori samaradorligi aniqlangan;
ilk bor quyultirish jarayonida boshlang‘ich materialni (bo‘tanani) toza suv qatlami yordamida yumshatish va bo‘tanaga flokulyant ta’sirini oshirib, flokulalar zanjirini hosil bo‘lishi natijasida jarayon tezlashishi aniqlangan;
ilk bor flouklyantni teng va tug‘ri taqsimlanishini ta’minlaydigan tuynuklarga ega bo‘lgan aylana kollektor konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bo‘tana zichligini belgilangan zichlikka qadar etkazish quyultirish ko‘rsatkichlariga va bo‘tana harakatiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ruda quyuqlashtirgichning bo‘tana qabul qilish kamerasini moderinizatsiya qilish hisobiga qiyin ajraladigan oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda quyultirish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aylana kollektori va quyultirish jarayonida bo‘tanani toza suv qatlami yordamida yumshatish, bo‘tanaga flokulyant ta’sirini oshirib, flokulalar zanjirini hosil bo‘lishini yuzaga keltiradigan kamera «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 1-son gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 30 sentyabrdagi 02-06-03/12351-son ma’lumotnomasi). Natijada radial quyultirgichning solishtirma ish hajmini oshirish va jarayonda qo‘llaniladigan floukulyantning sarflanish miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
radial quyuqlashtirgich «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK 1-son gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 30 sentyabrdagi 02-06-03/12351-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida mavjud bo‘lgan radial quyultirgich konstruksiyasining takomillashtirilishi bo‘tananing cho‘kish tezligini 0,12 m/soatdan 0,4 m/soatgacha oshirish, flokulyantning sarfini 14 g/t dan 10 g/t gacha kamaytirish va radial quyuqlashtirgichning solishtirma ish hajmini 0,7 t/m2 sutkadan 2,0 t/m2 sutkagacha hamda qayta ishlash kompleksining ish unumdorligini 1,7 martaga oshirish hisobiga (2014-2018 y.) 11,2 mlrd. so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olish imkonini bergan.
V. Ixtiroga patenti.  
«Radial quyuqlashtirgich»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP04611-2012 y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 2 oktyabrdagi
01-11/1942-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish