Niyozov Alisher Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Charmni pardozlash jarayonida to‘ldiruvchi polimer kompozisiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1385.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poyabzal tagcharmi uchun yangi polimer materiallar tarkibini hamda to‘ldiruvchi sifatida qo‘llashning yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan foydalanib, terini pardozlashning samarali usuli yaratilgan;
polimer kompozisiyalar bilan charmlarni to‘ldirishda polimerlarning charm yuzasida struktura hosil qilishi va charm ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
poyabzal tagcharmi uchun to‘ldiruvchi sifatida polimer materiallarni olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyolar asosida polimer kompozisiyalar ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning optimal texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
to‘ldiruvchi polimer materiallarning xarakteristikalari bazaviy tarkib bilan taqqoslangan va charmning to‘ldiruvchisi sifatida polimer materiallar qo‘llanishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy hamda ikkilamchi xomashyolardan, charmni pardozlash uchun suvda eruvchan polimer kompozisiyalar tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan yuqori sifatli to‘ldiruvchi polimer kompozisiyalar “Qarshi-Leather” MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘ZCHARMSANOAT” uyushmasining 2019 yil 7 noyabrdagi MZ-3/2875-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida samarali to‘ldiruvchi olishning texnologik reglamentini tuzish hamda import o‘rnini bosuvchi to‘ldiruvchisini olish va uning asosida charmlarni to‘ldirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
olingan yuqori sifatli to‘ldiruvchi kompozisiyalardan foydalanib poyabzal tag charmi uchun mo‘ljallangan yirik shoxli qoramol terilaridan olingan charmlarni to‘ldirish texnologiyasi “Qarshi-Leather” MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘ZCHARMSANOAT” uyushmasining 2019 yil 7 noyabrdagi MZ-3/2875-son ma’lumotnomasi). Natijada charm yarim tayyor mahsuloti tannarxini kamaytirish, charm navining ortishiga erishish shu bilan birga charmning gigroskopik va nam qaytarish xususiyatlarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish