Adizov Bobirjon Zamirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqilgan deemul`gatorlar kompozisiyasini qo‘llab turg‘un yuqori qatronli suvneftli emul`siyalarni mikroto‘lqinli suvsizlantirish va tuzsizlantirish texnologiyasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T255.
Ilmiy maslahatchi: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ismatov Dilmurod Nurullaevich, texnika fanlari doktori; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqilgan deemul`gatorlar kompozisiyasini qo‘llab turg‘un yuqori qatronli suvneftli emul`siyalarni (SNE) mikroto‘lqinli suvsizlantirish va tuzsizlantirish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turg‘un yuqori qatronli SNElarni parchalashning mikroto‘lqinli va termokimyoviy kombinatsion usuli ishlab chiqilgan;
Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Mirshodi, Jarqoq va boshqa konlar turg‘un SNElarining tarkibi va kolloid-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
SNElarining agregativ barqarorligi ularda ko‘p miqdorda qatron, asfal`ten, parafin, mineral tuzlar, shuningdek emul`gator rolini bajaruvchi va oraliq qatlamlarda joylashgan gidrofob himoya qobiqlarini hosil qilishi tuzilmali-mexanik to‘siq vazifasini bajaruvchi, suv tomchisi chegara plyonkalarini yupqalanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan mexanik aralashmalarning mavjudligi aniqlangan;
ilk bor yangi D seriyali deemul`gatorlar (D-1, D-2, D-3) paxta soapstoki xom yog‘ kislotalarining alohida fraksiyalari asosida metanol yordamida eterifikatsiya qilish orqali sintez qilingan;
paxta gudronini sovunlantirish natijasida turg‘un SNElarni parchalashda yuqori flokullovchi xususiyatga ega bo‘lgan SFMlar olingan;
yuqori qatronli turg‘un SNElarni parchalashda ionogen va noinogen SFMlar asosida ishlab chiqilgan kompozisiyalar emul`siya tarkibidagi qatron, asfal`ten, parafin, mineral tuzlar va h.k. miqdoriga bog‘liq holda qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan deemul`gatorlar kompozisiyasi hamda mikroto‘lqinli nurlantirishni qo‘llab yuqori qatronli turg‘un SNElarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘-moy sanoatining ikkilamchi xomashyosi asosida neftni suvsizlantirish uchun ionogen deemul`gator olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 17088447-03:2019). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
SNE suv tomchilari yuzasidagi himoya qobig‘idan mexanik aralashmalarni ajratish uchun paxta gudronini sovunlantirish yo‘li bilan flokullovchi sovunsimon SFMlar olish texnologiyasi “Jarqo‘rg‘onneft`” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zneftegazqazibchiqarish” AJning 2019 yil 12 iyuldagi 02/17-1584J-son ma’lumotnomasi). Natijada neftlarni suvsizlantirish va tuzsizlantirishda import deemul`gatorlar o‘rnini mahalliy xomashyolarga almashtirish imkonini bergan;
Yuqori qatronli va minerallashgan neftlarni deemul`girlash uchun ionogen va noinogen deemul`gatorlar kompozisiyasini olish va qo‘llash texnologiyasi “Jarqo‘rg‘onneft`” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zneftegazqazibchiqarish” AJning 2019 yil 12 iyuldagi 02/17-1584J-son ma’lumotnomasi). Natijada deemul`gatorlar sarfini 30–40% ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan deemul`gatorlar kompozisiyasi hamda mikroto‘lqinli nurlantirishni qo‘llab qatronli va parafinli turg‘un SNElarni suvsizlantirish va tuzsizlantirishning kombinatsion texnologiyasi “Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zneftegazqazibchiqarish” AJning 2019 yil 12 iyuldagi 02/17-1584J-son ma’lumotnomasi). Natijada suvsizlantirish 1,3–1,5 marta va tuzsizlantirish jarayoni 1,1–1,2 martagacha vaqtlarini qisqartirish imkonini bergan;
PS XYoK LOF asosida noionogen va PG sovunlantirish yo‘li bilan ionogen deemul`gatorlar olish va ular asosida deemul`gatorlar kompozisiyasini yaratish hamda turg‘un SNElarni parchalashda mikroto‘lqinli nurlantirish bilan birgalikda qo‘llashga oid ma’lumot va xulosalar Toshkent davlat texnika universiteti bakalavrlariga mo‘ljallangan «Neft` va gaz texnologiyasi» darsligi mazmuniga singdirilgan (Guvohnoma, №744-458). Natijada bakalavr va magistrlarning neft` emul`siyalarini parchalash sohasida bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.