Mirzaev Murodjon Abduraximdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy O‘zbekistonning seysmik xavfini miqdoriy baholash», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM321.
Ilmiy rahbar: Artikov Turdali Usmanalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maksudov Sobit Xamidovich, fizika-matematika fanlari doktori; Nurtaev Baxtier Sayfullaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy O‘zbekiston hududining seysmik xavfini miqdoriy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli seysmik manbalar asosida Sharqiy O‘zbekiston hududining seysmik xavfi miqdoriy aniqlangan;
ilk bor Sharqiy O‘zbekiston hududi seysmik xavfini aniqlash uchun boshlang‘ich parametrlarining noaniqlik omillari baholangan;
boshlang‘ich parametrlar noaniqlik omillari asosida Sharqiy O‘zbekiston hududining seysmik xavfi miqdoriy baholangan;
Sharqiy O‘zbekiston hududining yangi seysmik rayonlashtirish xaritalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharqiy O‘zbekistonning seysmik xavfini miqdoriy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
seysmik jarayon va seysmik ta’sirning mintaqaviy qonuniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 2/4/24-2600-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharqiy O‘zbekiston hududining miqdoriy seysmik xavfini aniqlashtirish imkonini bergan;
Sharqiy O‘zbekistonning makroseysmik ballarda va grunt tebranishining maksimal tezlanishlaridagi yangi seysmik rayonlashtirish xaritalar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 2/4/24-2600-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharqiy O‘zbekiston hududini makroseysmik ballarda va gruntning tebranish tezlanishlarida baholash imkonini bergan;
zilzilalar uchun seysmik ta’sirining masofa bo‘yicha so‘nishi qonuniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 2/4/24-2600-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lib o‘tgan zilzila koordinatasini aniqlashga va Sharqiy O‘zbekiston hududining seysmik xavfini baholash muammolarini echishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish