Xujaqulov Saydulla Mirzaevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavot omborlarining issiqlik-texnologik jarayonlarida quyosh energiyasidan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish», 05.05.06–Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T207.
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Abbasov Erkin Sodiqovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot omborlarining issiqlik-texnologik jarayonlarida quyosh energiyasidan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktiv ventilyasiyalash va adsorbentlarni quyosh-termik regeneratsiyalash tizimiga ega omborning issiqlik va namlik balanslari matematik modeli ishlab chiqilgan;
adsorbentlarni termik regeneratsiyalash va aktiv ventilyasiyalash uchun quyosh havo qizdirish qurilmasining prinsipial issiqlik sxemasi ishlab chiqilgan;
meva-sabzavot omborida adsorbentlarni termik regeneratsiyalash va aktiv ventilyasiyalash uchun quyosh havo qizdirish tizimi ishlab chiqilgan va foydalanish samaradorligi asoslangan;
issiq havo bilan quyoshli-termik regeneratsiyalash rejimida adsorbent qatlami qizdirilganda nobarqaror issiqlik-massa almashinuvining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavot omborlarining issiqlik-texnologik jarayonlarida quyosh energiyasidan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish asosida:
Adsorbentlarni regeneratsiya qilish uchun qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Adsorbentlarni regeneratsiya qilish uchun qurilma», № FAP 0125904-2014 y.);
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining fermer xo‘jaliklarida adsorbentlarni regeneratsiyalash va aktiv ventilyasiyalash quyosh havo qizdirish qurilmasining prinsipial issiqlik sxemasi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 31 avgustdagi 02/011-2077-son ma’lumotnomasi) Natijada mavjud tizimlardagiga nisbatan elektr energiyasi xarajatlarini 60% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish