Uzbekov Mirsoli Odiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metall qirindi absorberli quyoshiy havoqizdirgich kollektorlar», 05.05.06–Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T278.
Ilmiy rahbar: Abbasov Erkin Sodiqovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Abdujabbor, texnika fanlari doktori, professor; Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metall qirindi absorberli quyosh havoqizdirgich kollektorlarini ishlab chiqish va ularning asosiy issiqlik-texnikaviy va optik-geometrik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall qirindi absorber geometrik shaklni hisobga olgan holda optimalini aniqlash uchun analitik ifoda olingan;
issiqlik tashuvchi va absorber bilan yuza kontaktni oshirish imkoniyatini beruvchi, metall qirindi absorberli quyosh havoqizdirgich kollektori ishlab chiqilgan;
spiralsimon metall qirindi va V–simon absorberli quyosh havoqizdirgich kollektorning tekis yuzali absorberga nisbatan samaradorligini hisoblash uchun analitik ifoda olingan;
metall qirindi va V–simon yuzadan tashkil topgan quyosh havoqizdirgich kollektori absorberining issiqlik uzatish koeffesienti qiymatini aniqlash uchun emperik formula olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metall qirindi absorberli quyoshiy havoqizdirgich kollektorlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Farg‘onaazot” aksionerlik jamiyatida 6,25 m2 yuzali ma’muriy binolarida qo‘shimcha issiqlik ishlab chiqaruvchi qurilma sifatida quvvati 700 Vt/m2 ni tashkil qiluvchi metall qirindi absorberli quyosh havoqizdirgich kollektori joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksionerlik jamiyatining 2018 yil 19 sentyabrdagi 01/3-4106/P-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada shunday binolarni isitish uchun tarmoqdan issiqlik energiyasining olinishi 17% ga qisqartirishga erishilgan;
«Sharqiy magistral elektr tarmoqlari» aksionerlik jamiyatida 5,0 m2 yuzali ma’muriy binolarida qo‘shimcha issiqlik ishlab chiqaruvchi qurilma sifatida quvvati 700 Vt/m2 ni tashkil qiluvchi metall qirindi absorberli quyosh havoqizdirgich kollektori joriy etilgan («O‘zbekenergo» aksionerlik jamiyatining 2018 yil 25 sentyabrdagi RR-01-21/5519-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada shunday binolarni isitish uchun tarmoqdan issiqlik energiyasining olinishi 20% ga qisqartirishga erishilgan.
Ishlab chiqilgan metall qirindi absorberli quyosh havoqizdirgich kollektori konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Quyoshli havo isitgich», № FAP 01366-2018 y.).