Ayubov Gayratjon Tuxtasinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inshootlarni plastinasimon kontinual` model` asosida fazoviy hisoblashning dinamik usullari», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T19.
Ilmiy rahbar: Usarov Maxamatali Koraboevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018. T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Xojmetov Goibnazar Xadievich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Akrom Burxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bimomentli nazariya asosida binolarning dinamik plastinasimon kontinual` modelini takomillashtirish va seysmik mustahkamlikka hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plastinalarning bimomentli nazariyasining asosiy munosabatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan plastinasimon kontinual` model` asosida bino va inshootlarni seysmik ta’sirlarga hisoblash usullari takomillashtirilgan;
geometrik tuzilishi va konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda bino plastinasimon kontinual` modelini keltirilgan elastiklik moduli va zichliklarini aniqlashning analitik ifodalari ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlarda plastinasimon kontinual` model` doirasida ko‘p qavatli binolarning fazoviy tebranish shakllarini hisobga olgan holda ko‘ndalang va bo‘ylama tebranishlar masalalarini sonli echish usullari ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlarda plastinasimon kontinual` model` asosida binolarni konstruktiv xosliklarini hisobga olgan holda dinamik hisoblash algoritmi, dasturi va konstruksiyalarning xavfli kesimlari, kinematik va dinamik xarakteristikalarini aniqlash uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inshootlarni plastinasimon kontinual modelidan foydalanib, fazoviy hisoblashning dinamik usullari tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dinamik yuklamalar ta’siridagi binolarning plastinasimon konstruksiyalarida xavfli zonalarni aniqlash uchun hisoblash uslubi “Farg‘onafuqaroloyiha” MChJda “Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Aeroport ko‘chasida joylashgan 250 o‘rinli №5 oilaviy poliklinika qurilishi” ob’ektining dinamik hisoblash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 770/06-18-son ma’lumotnomasi). Natijada bino konstruksiyasining ishonchliligini 15–20% ga oshirib, binoning zilzilabardoshligini ta’minlash imkonini bergan;
plastinasimon kontinual` model` asosidagi hisoblash uslubi “Sho‘rtan gaz kimyo kombinatining tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi hududida joylashgan boshqaruv-maishiy kompleks qurilishi” ob’ektida binoni seysmik ta’sirlarga hisoblashga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 770/06-18-son ma’lumotnomasi). Natijada hisoblash jarayoniga sarflanadigan vaqtni 1,2 barobar qisqartirish imkonini bergan;
ko‘p qavatli bino va inshootlarni bo‘ylama va ko‘ndalang tebranishlari haqidagi masalalarni echish usuli, shuningdek hisoblash dasturi “Sho‘rtan gaz kimyo kombinatining tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi hududida joylashgan boshqaruv-maishiy kompleks qurilishi” ob’ektining loyihalash va qurish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 770/06-18- son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash ishlarining aniqligi va samaradorligini 18% ga oshirish imkonini bergan.