Allamuratova Zamira Jumamuratovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya tizimlarining elektromagnit xavfsizligini geoaxborot texnologiyalari asosida baholash usullari», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T201.
Ilmiy rahbar: Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Nematovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya tizimlarining faoliyat hududlaridagi elektromagnit holati bo‘yicha baholash usullari va qaror qabul qilish algoritmlarini geoaxborot texnologiyalari va vaziyatli-tahlil asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya tizimlarini elektromagnit holatini baholashning va telekommunikatsiya tizimining topologik elementlarini tasvirlash (kabellar, quduqlar, uzatuvchi antennalar, radioreleykalar) geoaxborot modeli ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya tizimi ob’ektlari joylashgan hududning elektromagnit nurlanish darajasini baholash va elektromagnit holati bo‘yicha qaror qabul qilish (profilaktik, ogohlantirish, lokallashtirish, qayta tiklash) algoritmi  taklif qilingan;
elektromagnit nurlanish darajasini baholash uchun vaziyatli tahlil tizimining matematik modeli va Matlab/Simulink muhitida dasturiy paketi yaratilgan.
elektromagnit xavfsizlikni o‘rganishda hisoblash tajribalarini o‘tkazish va geoaxborot modeli asosida elektromagnit nurlanishning tarqalish chegaralari hamda ularning faolligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan usul va algoritmlarni hududlarning elektromagnit holatini baholashda axborot-analitik tizim arxitekturasini qo‘llab, ekologik muammoli hududlar sharoitini kompleks ravishda o‘rganish uchun ekologik vaziyatni monitoring qilishda vaziyatli-tahlil dasturiy majmuasini qo‘llash va hisoblash algoritmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
telekommunikatsiya tizimlarining elektromagnit holatini baholash uchun geoaxborot modelini shakllantirish algoritmi, telekommunikatsiya tizimining topologik elementlarini geoaxborot modeli asosida elektromagnit xavfsizligini o‘rganish va tajriba -hisoblash usullari elektromagnit nurlanish tarqalishi chegaralari, ularning faolligini aniqlash maqsadida yaratilagan dasturiy moduli «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyatining “Karakalpak Telekom” filialida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7399-son ma’lumotnomasi). Natijada elektromagnit nurlanish tarqalishi chegaralari va ularning faolligini aniqlash, elektromagnit nurlanish darajasi hamda geoaxborot modellarining tematik qatlamlari orasidagi korrelyasion maydonlarni baholash sifati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining samaradorligini 10–15% ga oshirish imkoniyatiga erishilgan;
elektromagnit nurlanish darajasini baholash algoritmi  va elektromagnit holatiga qarab qaror qabul qilish telekommunikatsiya tizimi joylashgan hududi,  vaziyatli-tahlil tizimining matematik modeli va Matlab/Simulink muhitida yaratilgan dasturiy vosita Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «UNICON.UZ» davlat unitar korxonasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 33-8/2993-son ma’lumotnomasi). Natijada telekommunikatsiya tizimidagi nurlantiruvchi ob’ektlarining monitoringini olib borish,  shu bilan birgalikda elektromagnit nurlanish darajasini baholash va qaror qabul qilish jarayoni samaradorligini 5–10% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish