Yuldasheva Farida Xujamkulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “O‘zbekistonda globallashuv sharoitida ma’naviy yangilanishning o‘ziga xos xususiyatlari”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1DSc/Fal.32.
Ilmiy rahbar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida O‘zbekistonda ma’naviy yangilanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuvning mohiyati va to‘ldirilgan ta’rifi, globallashuv ta’siri sharoitida O‘zbekistonda ma’naviy yangilanishning zarurati asoslab berilgan;
ma’naviy yangilanish globallashuvning salbiy ta’siriga javob beruvchi  dialektik jarayon sifatida milliy ma’naviyatni emirilishdan saqlab qoluvchi omil ekanligi ochib berilgan; 
ma’naviyat izchil, barqaror, qisman konservativ (din), globallashuv demokratik va dinamik jarayonligi, ma’naviy yangilanish bu ziddiyatni hal etishning ustuvor yo‘nalishi ekanligi asoslangan; 
demokratiya ma’naviyatga asoslanishi va ma’naviyatning ratsionallashuvi va demokratlashib borishi, global ma’naviyatning integrativ xususiyati va milliy ma’naviyat bilan uyg‘unlashuvining zarurati isbotlab berilgan; 
ma’naviy yangilanish yoshlar salohiyatini (intellektual, ma’naviy) yuzaga chiqarishning omili ekanligi, globallashuv yoshlarda innovatsion tafakkur (kreativlik, tanqidiy tahlil, tashabbuskorlik, faol hayotiy pozisiya), ijtimoiy sheriklikni shakllantirishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda ma’naviy yangilanishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida: 
«ma’naviy yangilanish» kategoriyasining aniqlashtirilgan va to‘ldirilgan ta’rifidan, «globallashuvning mohiyati va ziddiyatlari, globallashuv jarayonlarining O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotiga ta’siri» haqidagi xulosalardan Madaniy antropologiya jamiyatida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-068 raqamli «Ijtimoiy sheriklikning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rni va roli» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar qo‘mitasining 2017 yil, 28 dekabrdagi FTA-06-11/1676-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari, xulosa va tavsiyalaridan foydalanish ijtimoiy sheriklik shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘laroq yoritish imkonini bergan;
tadqiqotning «ma’naviy yangilanish, ma’naviyatni globallashuvning ziddiyatli ta’siriga javobi bo‘lib, bu dialektik jarayon, ma’naviyatni ijtimoiy, madaniy, til kabi genetik xususiyatlari orqali emirilishdan saqlab qolishi» haqidagi ilgari surilgan takliflar va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari va bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy targ‘ibot ishlarida qo‘llanilgan. Shuningdek, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi 2019 yil 3 maydagi PK- 4307-son Qaror dasturining V bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari» 35-bandi asosida «Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish»da foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 5 iyuldagi 02/09-904-19-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya g‘oyalari bu sohadagi ishlarni amalga oshirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilufy;
tadqiqotning «ma’naviyat izchil, nisbatan konservativ, barqaror va ideallari abadiy, globallashuv demokratik, o‘zgaruvchan, iqtisodiy asosga ega bo‘lgan dinamik jarayon, ma’naviy yangilanish bu ziddiyatni hal etishning strategik yo‘li ekanligi» to‘g‘risidagi g‘oyalaridan Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi ko‘magida Rossiya Federatsiyasi Kursk davlat universitetining sotsiologik ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida 2018 yilda bajarilgan 18-01 1-00739 raqamli «Rossiya makromintaqasining rivojlanishini strategik rejalashtirishning ijtimoiy-madaniy asoslari (Markaziy Qora tuproq hududi misolida)» mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Kursk davlat universitetining 2019 yil, 22 aprel`dagi 179-02-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya g‘oyalari loyiha natijalarini amalga oshirishda nazariy tavsiya sifatida qo‘llanilgan; 
«demokratiya ma’naviyatga asoslanishi va ma’naviyatning ilm-fan va innovatsiyalar taraqqiyoti natijasida ratsionallashuvi va demokratlashib borishi, global ma’naviyatning integrativ xususiyati, unda turli-tumanlik asosida birxillik aks etishi, global ma’naviyatning milliy o‘zlikni anglash, an’anaviylik, milliy qadriyatlarga tayangan milliy ma’naviyat bilan uyg‘unlashuvining zarurati» to‘g‘risidagi fikrlaridan Farg‘ona davlat universitetida 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasining ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 19-03-1690-son ma’lumotnomasi). Mazkur fikrlar jamiyatda ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash va yoshlar ma’naviy potensialini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
«ma’naviy yangilanish yoshlarda innovatsion tafakkur, kreativlik, tanqidiy tahlil, yaratuvchanlikka tayangan faol hayotiy pozisiyani, ijtimoiy sheriklikni shakllantirishi, intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirish va realizatsiya qilish omili ekanligi» va tarixiy ma’naviy meros va milliy qadriyatlarni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirishning muhimligi, yoshlarni kasbga tayyorlashda bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy kasb-hunarlar milliy ma’naviy taraqqiyot uchun zamin yaratishi to‘g‘risidagi fikrlaridan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-41 raqamli «Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy an’anaviy baza hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan o‘quv uslubiy majmuani va loyiha doirasida nashr etilgan «Yoshlarni qo‘shimcha kasbga tayyorlashga an’anaviy-zamonaviy yondashish» uslubiy qo‘llanmani nazariy ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 maydagi 19-03-1690-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya xulosalari yoshlarni kasbga tayyorlash ishlarining natijadorligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlariga xizmat qilgan; 
modernizatsiya sharoitida ma’naviy yangilanishning roli, milliy va global ma’naviyatning doimiy dialogi, milliy o‘zlikni anglash, milliy va global ma’naviyatning tendensiyalari, qadriyatlar transformatsiyasi, ma’naviy yangilanish jarayonida yoshlarning o‘rni haqidagi fikrlari va tavsiyalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil aprel` va may oylarida efirga uzatilgan «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot», «Gulshan» eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 4 iyundagi Oz\R-1-104 son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar eshittirishlarning saviyasi va sifatini yaxshilashga samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish