Tajiev Aziz Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hadislarning diniy aqidaparastlikka qarshi mohiyati”, 24.00.01–Islom tarixi va manbashunosligi (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar210.
Ilmiy rahbar: Islamov Zaxid Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.26.04.2018.Isl/Tar/F.57.01. 
Rasmiy opponentlar: Munavvarov Zoxillo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor, Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hadislarning mutaassib oqimlar g‘oyalariga qarshi kurashdagi mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“as-Sihohu-s-sitta” hadis to‘plamlarida dinda firqalanish va aqidaviy bo‘linishlar qoralangan hadislarni aniqlash va tizimlashtirish orqali dunyoviylik va diniylik tamoyillarini uyg‘unlashtirish yo‘llari asoslab berilgan;
islomshunos olimlarning hadislardan foydalanish uslub va yondashuvlari asosida mutaassib oqimlar tomonidan hadislarga nisbatan talqinlarning g‘arazli manfaatlarga yo‘naltirilgan buzg‘unchi va vayronkor xususiyatlari isbotlangan;
mutaassib oqimlar g‘oyalarida hadislarning zohirini olish, mansux rivoyatlardan foydalanish, fiqhiy va aqidaviy masalalarda, asosan bitta hadis orqali hukm chiqarish kabi uslublardan foydalanilishi aniqlangan va ushbu uslublarning ilmiy asossizligi dalillangan;
jihod, hijrat va shahid kabi tushunchalar mutaassib oqimlar tomonidan tor diniy tushuncha sifatida talqin qilinishi, biroq ularning aslida dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tutgan mamlakatlar ijtimoiy-ma’naviy hayotida sog‘lom va ma’rifiy kuch sifatidagi ahamiyati hadislar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hadislarning diniy aqidaparastlikka qarshi mohiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
hadislarning dunyoviy davlatda dunyoviylik va diniylik uyg‘unligini ta’minlashdagi ahamiyatiga doir doir ma’lumotlar, xulosalar, takliflar va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilik, xususan yoshlarni keng xabardor etish, soha xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarda, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2019 yil 17 sentyabrdagi 02/338-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sib kelayotgan yosh avlodda islom dinining ma’rifiy va bunyodkor mohiyati, ayniqsa ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi haqida to‘g‘ri tasavvur va ko‘nikmalar shakllantirilgan;
mutaassib oqimlar tomonidan hadislardagi jihod, hijrat va shahid tushunchalariga berilgan talqinlarning taraqqiyotga tahdid tug‘diruvchi vayronkor xarakterga ega ekaniga doir xulosalardan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining maslahat markazlari tinglovchilari uchun tashkil qilingan maxsus kurslarda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 16 fevraldagi 04/25-18-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari xotin-qizlar ongida hadislarning din niqobi ostidagi va boshqa tahdidlarning oldini olishdagi ahamiyatini baholash hamda ularga qarshi ilmiy asosli mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilgan;
mutaassib oqimlarning hadislarga nisbatan talqinlarning g‘arazli manfaatlarga yo‘naltirilgan isyonkor va vayron etuvchi xususiyatga ega ekaniga doir dalillardan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining keng jamoatchilik, xususan, yoshlarda ekstremizm va terrorizm singari mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2019 yil 17 sentyabrdagi 341/19-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik ruhida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hamohang shaxs sifatida kamol topishiga olib kelgan;
dunyoviy davlat ijtimoiy-ma’naviy hayotida jihod, hijrat va shahidlik tushunchalarining asl ma’rifiy va bunyodkor mohiyatini ochib berishga qaratilgan taklif va xulosalardan  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarining imom-xatiblar va otinoyilarning bilim-saviyasini oshirish borasida tashkil etilgan maxsus kurslarning «Islomdagi g‘oyaviy ixtiloflar, oqimlar va firqalar: tarix va bugungi kun», «Sog‘lom va ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan diniy tushunchalarning g‘arazli maqsadlarda talqin etilishi» nomli ma’ruza matnlarida, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy o‘quv yurtlari talabalarida yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni oshirish uchun ishlab chiqilgan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 8 oktyabrdagi 55/9-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik, xususan, yoshlarni hadislardagi diniy bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar, ezgu g‘oyalar bilan yaqindan tanishtirishga, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uzviyligi ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
jamiyat hayotida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda hadislar hamda Movarounnahr muhaddislarining ilmiy merosi o‘rniga oid xulosalardan “Hidoyat sari”, “Imom Buxoriy saboqlari”, “Buyuk yurt allomalari” teleko‘rsatuvlari ssenariylarii tayyorlash orqali “O‘zbekiston” va “Madaniyat va ma’rifat” telekanallarida efirga uzatilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 2 oktyabrdagi 01-35-2050-son va 01-16/406-son ma’lumotnomalari). Natijada, yoshlarda ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirigash xizmat .

Yangiliklarga obuna bo‘lish