Seydametova Gul`nara Utarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 60–80-yillarida Qoraqalpog‘iston shahar aholisining kundalik hayoti”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.3.PhD/Tar203.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Davletiyarov Madadbay Maksetovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1960–1980 yillarda Qoraqalpog‘iston shahar aholisining kundalik hayoti tarixini yaxlit holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nukus, Taxiatosh, Xo‘jayli, To‘rtko‘l, Chimboy, Qo‘ng‘irot kabi shaharlar aholisi sonining migratsiya hisobiga shakllanganligi, bu esa respublikada shahar aholisi tarkibiga ta’sir ko‘rsatgan holda shahar salmog‘ining ortishi va ularning «yosharishi»ga olib kelganligi aniqlangan;
respublika iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi muammolar (moddiy ta’minotning past ekanligi, oziq-ovqat va uy-joy tanqisligi, maishiy, ekologik muammolar va b.) shahar aholisining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turli kasalliklar (anemiya, yuqumli kasalliklar, o‘lim darajasining yuqoriligi va b.)ga sabab bo‘lganligi asoslangan;
shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan kundalik hayoti trasformatsiyaga ko‘proq uchraganligi (moddiy madaniyat, yangicha oilaviy munosabatlar, urf-odatlar va dam olishning tashkil etilishidagi o‘zgarishlar), shuningdek zararli odatlar (ichkilikbozlik, jinoyatchilik)ning kuchayishi va bunga ta’sir qilgan omillar ochib berilgan;
aholining barcha qatlamlari orasida sotsialistik madaniyatni keng yoyishga qaratilgan tadbirlar (klublar, kitobxonlik, kino, teatr va b.) aholining kundalik hayotidagi o‘zgarishlar va o‘sha davr kishilarining qarashlariga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asrning 60–80-yillarida Qoraqalpog‘iston shahar aholisining kundalik hayoti asosida:
1960–1980 yillarda Qoraqalpog‘iston shaharlaridagi migratsiya jarayonlari, turar joylar, ijtimoiy-madaniy va maishiy ob’ektlar qurilishi, shaharliklar shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarining rivojlanishiga oid xulosa va ma’lumotlardan Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpog‘iston tarixi (1991–2015 yy.)” loyihasining “Xo‘jalik va kundalik hayot masalalari, aholini turar joy bilan ta’minlanganlik darajasi” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 17 apreldagi 701/55-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Qoraqalpog‘istonning 1960–1980 yillardagi shahar aholisi kundalik hayotining umumiy manzarasini ko‘rsatishga hamda hududiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston shaharlarida ijtimoiy infratuzilmaning shakllanish jarayoni, yashash madaniyatining rivojlanishi, hayot darajasi va shaharliklarning bandligiga oid olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markazda amalga oshirilgan PZ-2017092849 raqamli “O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy shart-sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019 yil 16 maydagi 3/1255–1467-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar va xulosalarning qo‘llanilishi zamonaviy shahar infratuzulmasining rejalashtirilishi masalasiga aniqlik kiritishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston shaharlarining tarixiy o‘tmishi bilan bog‘liq materiallardan I.V. Saviskiy nomidagi San’at davlat muzeyida XX asrning 30–60-yillarida qoraqalpoqlarning turmushi va uy inter`eriga bag‘ishlangan ko‘rgazma-ekspozisiyalarini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 20 martdagi 2-04/526-son ma’lumotnomasi). Ushbu ekspozisiyalar muzeyga tashrif buyurganlarning tarix, arxitektura, shaharsozlik, shahar madaniyati va aholining kundalik hayoti, respublika aholisining ma’naviy qadriyatlari bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.