Muxamedov Ne’matullo Asatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asrlarda Shosh vohasi olimlarining islom madaniyati va ilm-faniga qo‘shgan hissasi”, 24.00.01–Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tar137.  
Ilmiy rahbar: Islomov Zohidjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc 26.04.2018. Isl/Tar/F.57.01. 
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Ikromitdin tarix fanlari doktori,  professor v.b.; Agzamova Gulchehra Azizovna tarix fanlari doktori; Sultonov O‘ktambek Abdulg‘anievich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta (IX-XV) asrlarda Shosh vohasi olimlari –  muhaddislar, faqihlar, sufiylarning islom madaniyati va ilm-faniga qo‘shgan hissasini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Hastimom” majmuasidagi “Qaffol Shoshiy maqbarasi”, “Baroqxon”  va “Mo‘yi Muborak” madrasalari, “Namozgoh”, “Tilla Shayx”, “Hazrati Imom” masjidlari tarixi va ularning mintaqa islom madaniyatida tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan; 
Hazrati Imom (Hastimom) Abu Bakr Qaffol Shoshiyning islom dunyosidagi tutgan nufuzi uning hayot yo‘li, merosi va diplomatik faoliyati asoslab berilgan;
Shoshda hadis ilmi rivoji jarayonlari Markaziy Osiyodagi turli ilmiy­madaniy markazlarga qiyosan o‘rganilib, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Sa’id  Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy 70 ga  yaqin kabi ko‘plab muhaddislar g hayoti va faoliyati, islom madaniyatiga qo‘shga xissalari ochib berilgan;
Abulhasan al­¬Qosim ibn Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali al -Qaffol ash-Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid al­Imom ash-Shoshiy, Tohir ibn Abdulloh al-Iloqiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud Rizvon al­Iloqiy kabi 20 dan ortiq shoshlik faqihlar nomlari aniqlanib, Bag‘dod fiqh markazida tutgan o‘rni isbotlab;
Shayx Zayniddin Ko‘yi Orifoniy, Zangi ota, Shayx Umar Bog‘istoniy, Shayx Xovandi Tohur, Xoja Ubaydullo Ahror kabi 10 dan ortiq so‘fiylar hayoti, faoliyati va ilmiy­ma’naviy merosi va ularning islom madaniyatidagi o‘rni asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘rta asrlarda Shosh vohasi olimlarining islom madaniyati va ilm-faniga qo‘shgan hissasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Qaffol Shoshiy (Hastimom majmuasi)”, “Shayx Xovand Tohur majmuasi”, “Zangi ota majmuasi”, “Musulmon sayyohlarini O‘zbekistonda kutish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Land of Civilization” kabi o‘zbek, rus va ingliz tillarida kitob, risola, buklet va videoroliklarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3514-son Qarori ijrosi yuzasidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 12 oktyabrdagi 5639-sonli dalolatnomasi). Natijalar yoshlarda o‘z xalqi tarixini anglash, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish odoblarini o‘rganishda yordam bergan; 
Abu Bakr Qaffol Shoshiyning Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi o‘rtasidagi diplomatik mahorati xususan, uning Vizantiya harbiy qo‘mondoni Tag‘fur tomonidan Bag‘dod xalifasiga yuborgan she’riy maktub-ul`timatumiga javob yozishdagi roli; Rum imperatori qo‘lida asirlikda bo‘lgan o‘n ming musulmonni asirlikdan ozod qilishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan I1-FA-G003 IZ-2015-0907175446 raqamli “O‘zbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar” (2015–2017 yy.) innovatsion  loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2019 yil 29 oktyabrdagi 3/1255-2848-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda o‘zbek diplomatiya tarixi va yutuqlari, turli tarixiy jarayonlarni o‘rganish va tadqiq etish maqsadlariga xizmat qilgan;
Qaffol Shoshiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Abu Bakr Shoshiy, Abdullo ibn Avona Shoshiy, Abu Ali Hofiz Shoshiy, Abu Bakr Umar Shoshiy, Ahmad Odamiy Shoshiy, Homid Shoshiy, Abu Ishoq Ibrohim Shoshiy Shayx Xovand Tohur kabi allomalarning faoliyatiga doir qomusiy ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bajarilgan I-2015-1-20 raqamli “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari” ensiklopediyasi” (2015–2016 yy.) innovatsion loyihasi asosida “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi” kitobini tayyorlashda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2019 yil 15 oktyabrdagi 02/376-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlarda o‘rta asr allomalari, ajdodlarimiz hayot yo‘llari, ilmiy merosiga doir qomusiy ma’lumotlarni o‘rganishda yordam bergan.
sufiylar hayoti, faoliyati va ilmiy­ma’naviy merosi, ularning islom madaniyatidagi o‘rni to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida bajarilgan FA-F1-027 raqamli Markaziy Osiyo xalqlari yozma merosini o‘rganish: manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqotlari (O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalari asosida)” (2011–2016 yy.) fundamental grantda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2019 yil 29 oktyabrdagi 3/1255-2848-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Zangi ota ziyoratgohi binolaridagi epigrafik yozuvlar, qabrtoshdagi bitiklar, oyat, hadis va hikmatli she’rlarni to‘liq holda o‘rganish va ularga  aniqlik kiritish imkonini bergan; 
Abu Bakr Qaffol Shoshiy “Javomiu-l-kalim” asaridagi bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik masalalari ifodalangan. Xrestomatiyada Xoja Ubaydullo Ahrorning xalq farovonligi va yurt tinchligiga qo‘shgan hissasi; o‘rta asrlarda Shosh (Toshkent)da faoliyat ko‘rsatib, islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan olimlar asarlaridan olingan tarixiy fakt, o‘git va aforizmlarni yoritishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida amalga oshirilgan “I-2014-1-51 raqamli “Mafkuraviy jarayonlarning milliy o‘zlikka salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida xrestomatiyani tayyorlash va chop etish” mavzuidagi innovatsiya loyihasi asosida chop etilgan “Ma’naviy tarbiya: xrestomatiya” kitobida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 02/09-1409-son ma’lumotnomasi). Xrestomatiyadagi natijalar yoshlarni ma’nan barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishida ajdodlar merosi, ularning o‘git va aforizmlarini o‘rganish imkoniyatini yaratgan.
Shayx Zayniddin Ko‘yi Orifoniy, Zangi ota, Shayx Umar Bog‘istoniy, Shayx Xovandi Tohur, Xoja Ubaydullo Ahror kabi 10 dan ortiq Shosh olimlarining hayoti va faoliyati, islom madaniyatiga qo‘shgan xissasiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston tarixi” telekanallarida “Mo‘’jizalar makoni”, “Muqaddas qadamjolar”, “Moziydan sado”, “Mavzu” va “Buyuk yurt allomalari”; “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali  “Buyuk ajdodlarimiz” ko‘rsatuvi, “Xoja Ubaydullo Ahror” hujjatli fil`mi; “Dunyo bo‘ylab” telekanali “Ziyorat” dasturida Shayx Xovand Tahur me’moriy yodgorligi; “Mahalla” telekanali “Mashvarat”, “Yo‘l bo‘lsin” ko‘rsatuvlari hamda “Mahalla” radiokanali “Ma’rifiy suhbatlar” (Abu Bakr Umar Shoshiy, Zangi ota va Shayx Xovand Tahur tarixi) eshittirishi; “Toshkent” telekanali “Toshkentnoma” ko‘rsatuvlari hamda “Mustaqillik inshootlari. Zangiota” hujjatli fil`mlari va ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari 2019 yil 8 oktyabrdagi 01-35-2084-son, 2019 yil 4 oktyabrdagi 01-16/409-son, 2019 yil 4 oktyabrdagi 08-14-391-son, 2019 yil 8 oktyabrdagi 01-18-111-son, 2019 yil 7 oktyabrdagi 01-16-598-son ma’lumotnomalari). Bu omma, ayniqsa, yoshlarda islom madaniyati va ajdodlarimiz tarixiga nisbatan ehtirom tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish