Qazaqova Nozima Abdulboqievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘afur G‘ulom nasriy asarlarining pragmalingvistik tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil323.
 Ilmiy rahbar: Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02. 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Siddiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘z RFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: G‘afur G‘ulom nasriy asarlari pragmalingvistik tahlili misolida badiiy matn pragmatikasi  o‘ziga xosliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘afur G‘ulom nasriy asarlari misolida pragmatikada markaziy tushunchalar sanaluvchi shaxs, nutqiy vaziyat, muloqot xulqi, strategiyasi va taktikasi, diskurs, pragmatik kontekst, baho kategoriyalari mohiyati ochib berilgan;
shaxs kategoriyasi bilan bog‘liq yosh, gender, ijtimoiy maqom, milliy o‘ziga xoslik kabi ekstralingvistik xususiyatlarning muloqot jarayonini  tarkib toptirishdagi ahamiyati asoslangan; 
kinoyaviy va ishoraviy tagma’noning nutq ta’sirchanligini oshirishdagi ahamiyati, ularning badiiy matnda verbal hamda noverbal ifodalanishi isbotlangan;
xabar va undash illokutiv nutqiy aktlariga xos semantik, kommunikativ-pragmatik xususiyatlar G‘afur G‘ulom qissa va hikoyalari misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada erishilgan  ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: 
pragmalingvistikada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan til va nutq, semantika, sintaktika va pragmatikaning o‘zaro munosabati, shaxs, nutqiy vaziyat, diskurs kabi tushunchalar hamda ularning badiiy matndagi ifodasi tadqiqi masalalari, tilshunoslik nazariy asoslarini o‘rganishga oid dissertatsiya natijalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2012-2014 yillarda bajarilgan ITD-1-07 raqamli “Tilshunoslik asoslari” fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 89-03-3026-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida pragmalingvistik tahlil natijalari qo‘llangan;
fonetik, leksik va grammatik vositalarning pragmatik jihatlariga oid tahlillardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2007-2011 yillarda bajarilgan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 89-03-3026-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan fundamental loyiha o‘zbek tili taraqqiyotining pragmatik jihatlariga oid xulosalar bilan boyitilgan;
ommaviy axborot vositalarida G‘afur G‘ulom nasriy asarlarining pragmalingvistik jihatlari haqidagi xulosalardan Namangan viloyati teleradiokompaniyasi “Oltin zamin” radiosining “Nigoh” radiojurnalida 2015 yil 15 oktyabrda efirga uzatilgan eshittirish va 2018 yil 21 oktyabrda efirga uzatilgan “Gul diyorim, Namangan” ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 18 oktyabrdagi 08-02-831-son, 2018 yil 8 noyabrdagi 08-02-889-son ma’lumotnomalari) foydalanilgan. Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirish materiallari mazmunan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish