Kiselyov Dmitriy Anatol`evichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Fransuz tili mustaqil so‘z turkumlari reprezentativ funksiyasining diskursiv-pragmatik jihatlari", 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Fil83.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Delyaram Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Islamdjanova Hazifaxon Islomovna, filologiya fanlari doktori, professor; Alekseeva Elena Al`bertovna, filologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diskursning muayyan bo‘lagida anaforik birliklarning qo‘llanishini pragmatik maqsadni amalga oshirish uchun vosita sifatida xizmat qiladigan barcha mustaqil so‘z turkumlariga xos universal vazifa sifatida fransuz tili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matnning asosiy kategoriyalari – grammatik bog‘langanlik, tematik rivoj va semantik yaxlitlikni ta’minlashga xizmat qiladigan va diskursiv element sifatida qaraladigan anaforik birliklarning funksional-pragmatik maqomi asoslangan va shu asnoda anafora hodisasining universal va har bir so‘z turkumiga xos xususiyatlari aniqlangan;
anafora diskursiv xotira va ta’kid kategoriyalarini shakllantirish vositasi, anaforik birliklar esa muayyan matn elementi (substansiya, substansiyaning belgisi, jarayon yoki jarayonning belgisi)ning ahamiyati haqidagi ma’lumotni nutq adresatining diskursiv xotirasida saqlash vositasi sifatida xizmat qilishi dalillangan;
matn qismlarining anaforik ta’sirga uchrash omillari aniqlangan, ya’ni muhim unsur diskursiv ta’kid hududidan joy olib, anafora ob’ektiga aylanishi va shu tariqa referent yoki anaforik birlikni talqin qilish uchun zarur semantik manba bo‘lib qolishi isbotlangan;
fransuz tilida sof anaforik otlar va sifatlarning birinchi bor tizimli ravishda tasnif mezonlari ishlab chiqilgan, korrelyativ belgilar asosida le anaforik sifatining maqomi oydinlashtirilgan hamda anaforik ot va sifatlar qo‘llanishining funksional o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan;
anaforik fe’llar faollashuv imkoniyatlarga nisbatan tizimlashtirilgan va fransuz tili nutqiy muloqot muhitida ulardan uzual foydalanishning nutq vaziyati bilan bog‘liq shartlari aniqlangan;
korrelyativ belgilar asosida anaforik ravishlarning tasnif prinsiplari asoslangan hamda anaforik fe’llar va ravishlarning funksional o‘zaro munosabatini ta’minlovchi kontekstual sharoitlar ko‘lami belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anaforik birliklar tizimini tavsiflash va tasniflash hamda muloqot matnida ularning pragmatik imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tamoyillar asosida:
muloqot jarayonida nutq adresantining ijtimoiy rolini aniqlashga doir ishlab chiqilgan usullardan OT-F8-002 raqamli "Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri" fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 89-03-3170-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi shaxslararo muloqot hodisalari tahlilida nutq sohibining ijtimoiy rolini belgilash, diskursdagi ijtimoiy omillarning so‘zlovchiga ta’sirini aniqlash, samarali muloqotni amalga oshirish vositalarini yoritish imkonini bergan;
ot turkumiga doir anaforik birliklarning tavsiya etilgan tasnifidan OT–F8–062 raqamli "Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari" fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23-avgustdagi 89-03-3170-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi fransuz tilida anaforik otlarning konversiya yo‘li orqali yasalishi misolida matn derivatsiyasi jarayonining tarkibiy qismini namoyon qilish imkonini bergan;
diskurs maydonida anaforik birliklarni ajratishning ishlab chiqilgan mexanizmidan I-204-4-5 raqamli "Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish" innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 89-03-3170-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya tadqiqotida ishlab chiqilgan mustaqil so‘z turkumlariga mansub anaforik birliklarni referent matn doirasida verbal ifodalangan qismiga tayanib aniqlash mexanizmini qo‘llash chet tilini o‘rgatishda yozma matnni muqobillashtirish va idrok qilish algoritmini yaratish imkonini bergan;
dissertatsiyasi natijalaridan YoA-1-17 raqamli “Katta avlod vakillarining komil inson tarbiyalashdagi o‘rni va rolini optimallashtirish imkoniyatlarini ilmiy-amaliy tatbiq etish” nomli amaliy loyihasi doyrasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 89-03-3170-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi katta va kichik avlod munosabatlarida pragmatik yondashuv tahlili, og‘zaki nutqda mazmunli axborotni aniqlash usulini qo‘llash hamda komil inson tarbiyasida nutq samaradorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqish imkonini bergan;
chet tilini bilish (CEFR) darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan sinovlarda talabgorlarning og‘zaki va yozma nutqini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat test markazining 2019 yil 22 iyundagi 51-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan materiallar og‘zaki va yozma nutqning uzviyligini va izchilligini baholashda haqqoniy mezonlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiya natijalari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2019 yil 14-16 mart kunlari Toshkent shahridagi Frankofoniya bayrami doirasida tashkil etilgan IV o‘quvchilar va talabalar fransuz tilidagi teatr va qo‘shiqlar festivalida foydalanilgan (Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining 2019 yil 22 iyuldagi ma’lumotnomasi). Dissertatsiya tadqiqotining taqdim etilgan natijalari teatr tanlovi ishtirokchilarining nutqida diskursiv ahamiyatga ega bo‘lgan axborotlar taqsimlanishini, shuningdek, nutqning o‘zaro bog‘liqligi va izchilligi darajasini oshiriga xizmat qilgan;
nutqning kogerentligini ta’minlash usullari bo‘yicha xulosalar Alliance Française de Tachkent o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan trening davomida qo‘llanildi (Alliance Française de Tachkentning 2019 yil 20 iyundagi 15-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya tadqiqotining natijalarini qo‘llash og‘zaki va yozma nutq kompetensiyasini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirishga, ya’ni fransuz tili o‘rganuvchilar nutqining kogerentligi va kommunikativ samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
diskursiv vaziyatlarni lisoniy ifodalashga oid xulosalaridan Samarqand viloyat radiosining 2019 yil 10 iyuldagi "Dialog" eshittirishining ssenariysiga kiritilgan va uni tayyorlashda foydalanilgan (Samariand viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 10 iyuldagi 119-son ma’lumotnomasi). Anaforik birliklarning mazmuni hamda faollashuv qoidalariga amal qilish muloqotning samaradorligini va chet tilidagi og‘zaki yoki yozma matnni tushunish darajasini oshirishga imkon yaratgan.