Axmedov Sobir Nazarqosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax viloyati toponimlarining semantik xususiyatlari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil775.        
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna,  filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyati toponimlarini leksik-semantik jihatdan tasniflash, shu asosda leksik birliklarning nomlash xususiyatini yoritish,  toponimlar semantikasini tahlil qilish, madaniy semalarning ifodalanish darajasini aniqlash, Jizzax viloyati toponimiyasining boshqa hudud toponimlari bilan mushtarak va o‘ziga xos jihatlarini belgilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toponimlarning xalq tarixi, madaniyati, ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lisoniy birlik sifatidagi semantik xususiyatlari ochib berilgan;
toponimlar semantikasidagi madaniy semalar aniqlangan; toponimlarning shakllanishida shaxs omilining o‘rni aniqlangan;
toponimlar uchun motiv hisoblangan va lug‘aviy asos qilib olingan belgi-xususiyatlar, harakat-holat tushunchalari faktik materiallar asosida dalillangan;
Jizzax mikrotoponimiyasining boshqa areallar bilan umumiy jihatlari va o‘ziga xos farqli xususiyatlari aniqlangan.
Jizzax toponimlarining o‘ziga xos leksik-semantik, grammatik modellari ishlab chiqilib, tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy toponimlar  semantikasi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jizzax viloyati toponimlarining semantik xususiyatlarini tadqiq etish asosida: 
toponimlarning xalq tarixi, madaniyati, ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lisoniy birlik sifatidagi semantik xususiyatlardan OT-F6-062 raqamli “Orol havzasida kechayotgan gidrologik va tabiiy gegrafik jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 oktyabrdagi 89-03-4037-son ma’lumotnomasi). Natijada hajm jihatidan kichik bo‘lgan geografik ob’ekt  hamda  rel`ef  nomlarini ham  qayd etish imkoniyati yaratilgan;
toponimlarni lisoniy jihatdan tahlil qilish, ayniqsa, semantik xususiyatlarini o‘rganish xalqning milliy, etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixini, tilning tarixiy taraqqiyoti va takomilini yoritishda, tilning nominativ, kommunikativ, akkumulyativ funksiyalari mohiyatini aks ettirishdagi ahamiyatiga doir keltirilgan misollar asosidagi ilmiy xulosalardan  ITD-A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish”(2015–2017) nomli ilmiy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 89-03-2351-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan toponimlar, ma’muriy-hududiy birliklarga oid izohlar  yanada kengaytirilgan;
Jizzax viloyati toponimlarining leksik-semantik, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va xususiyatlariga oid xulosalardan Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi toponimik komissiya tomonidan viloyatdagi tabiiy-geografik ob’ektlar, xususan, aholi manzillari  nomini o‘zgartirish, yangilariga nom berish, tartibga solishda, tarixiy nomlarni tiklashda, mahalla nomlarini o‘zgartirishda, yozilishidagi imloviy xatolarni bartaraf etishda foydalanilgan (Jizzax viloyat hokimligining 2019 yil 11 iyuldagi 05-156-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining toponimik siyosatini bajarishga, hudud toponimlarida tarixiy nomlarni tiklashga, turkiy nomlar miqdorining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish