Ametov Temirbek Almasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy siyosiy jarayonlar (1989 2014 yillar)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar85.
Ilmiy rahbar: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor; Utemuratov Baxram Bekmuratovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida mustaqillik davridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashib borishi va uning mudhish oqibatlari, milliy o‘zlikni anglash jarayonlarining tobora kuchayishi ta’sirida yaratilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyada O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston suverenitetining ilk tamal toshi qo‘yilganligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinishida xalq ishtiroki tarixiy dalillar bilan asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning nazariy-konseptual asoslari yaratilganligi mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida tarixiylik kontekstida ochib berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi siyosiy tizimida yuz bergan islohotlar, xususan, Jo‘qorg‘i Kenges, Vazirlar Kengashi va mahalliy boshqaruv hokimiyatlarning rivojlanishidagi ustuvor evolyusion o‘zgarishlar, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan qabul qilingan qonunlarning amalga oshirilishi ijtimoiy-siyosiy islohotlar ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirilganligi asoslab berilgan;
O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashlari, jamoat birlashmalari faoliyatini kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirish hamda uning ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ustuvor strategik yo‘nalishlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi eng yangi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
O‘zbekiston siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashlari, jamoat birlashmalarining fuqarolik jamiyatini qurishdagi o‘rni haqidagi natijalardan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik yo‘nalishlari doirasida FA-IZGOO2 raqamli “Qaraqalpaqstan tariyxi (1991–2015-jillar)” kitabin tayarlao‘ hәm baspadan shig‘ario‘» innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 27 martdagi 53/1-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar to‘g‘risida to‘liq axborot berish va ilmiy bilimlarini rivojlantirish imkonini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilgan madaniy-ma’rifiy sohalardagi natijalardan Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyining «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining rivojlanishi» mavzusidagi eksponatlar bazasini boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 4 yanvardagi 2-04/6-son ma’lumotnomasi). Bu muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumotlar bazasini yaratishga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi to‘g‘risida to‘liq axborot berishga xizmat qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi erishilgan natijalar va mavjud muammolari hamda ularning echimlariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qaraqalpaqstan» telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi «Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan!», «Xabar» (qoraqalpoq tilida) ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Qaraqalpaqstan» telekanalining 2019 yil 12 avgustdagi 01-02/333-son ma’lumotnomasi). Bu keng xalq  ommasiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish