Yuldasheva Nilufar Abduvaxidovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruvni takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt551.
Ilmiy rahbar: Yormatov Ilmidin Toshmatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi strategik boshqaruv mexanizmi inqiroz xavfini baholash va kreativ strategiya ishlab chiqish jarayonlarini tashkiliy jihatdan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv tizimi ishlab chiqarish quvvati, biznes qiymati, marketing xizmati, moliyaviy barqarorlik va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni integral baholash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv konsepsiyasi inqiroz holatiga ta’sir etuvchi omillarni tashxislash, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, benchmarketing tamoyillarini tatbiq etish jarayonlarini kombinatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
respublika to‘qimachilik korxonalarining inqirozga uchrash xatarini baholashning 2020-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi strategik boshqaruv mexanizmini inqiroz xavfini baholash, kreativ strategiya ishlab chiqish jarayonlarini tashkiliy jihatdan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Fergana Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasining sotish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 8 avgustdagi 04/06-3489-son ma’lumotnomasi). Natijada «Fergana Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasining mahsulot sotish hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 10%ga oshishi ta’minlangan;
to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqarish quvvati, biznes qiymati, marketing xizmati, moliyaviy baqarorlik va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq mezonlarni baholash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Forestcolor» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «Fergana Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 8 avgustdagi 04/06-3489-son ma’lumotnomasi). Natijada «Forestcolor» mas’uliyati cheklangan jamiyatining sof foydasi hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 15%ga, «Fergana Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasining sof foydasi hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 10%ga oshgan;
to‘qimachilik korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv konsepsiyasini inqiroz holatiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki muhit omillarni tashxislash, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, benchmarketing tamoyillarini tatbiq etish jarayonlarini kombinatsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Yodgorlik» mas’uliyati cheklangan jamiyatining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 8 avgustdagi 04/06-3489-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning boshqaruv samaradorligini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 8%ga oshirishga erishilgan;
respublika to‘qimachilik korxonalarining inqirozga uchrash xatarini baholashning 2020-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatini strategik rivojlantirish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 8 avgustdagi 04/06-3489-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari asosida 2020–2026 yillar uchun «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi to‘qimachilik korxonalarining inqirozga qarshi boshqaruv samaradorligini oshirish strategiyasi ishlab chiqilgan.