Usmanova Umida Aybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped374.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirish tasavvur turlari (anomal fikrlash, kreativ faol, faol bo‘lmagan ijodiy hamkorlik) sinektika (tuzulishli, funksional, fenomenal) uslublaridan foydalangan holda takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmasi baholash mezonlari (tasavvur qila olish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil fikrlay olish) va darajalar (idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish, munosabat bildirish)ni loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirish modeli ijodiy tasavvurga o‘rgatish bosqichlari (emotsional, mantiqiy fikrlash, fantaziya, ijodiy yondashish va tasavvur qilish)ni faollashtirishga (qayta tiklash, izohlash, ijodiy faollik) ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
sinfdan tashqari o‘qishda o‘quvchilarning ijodiy tasavvurini rivojlantirish mexanizmlari o‘qitishning kreativ texnologiyalari asosida takomillashtirilgan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
ijodiy tasavvur turlarida sinektika uslublaridan foydalangan holda takomillashgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ijodiy tasavvurini rivojlanishga oid tavsiyalar 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 89-03-2674-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodiy tasavvurining rivojlanishi jarayoni samaradorligining oshishiga erishilgan;
baholash mezonlari va darajalarni loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmasi 2015-2017 yillarda bajarilgan A-5-37-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 89-04-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tuzilma boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim salhiyatini mustaxkamlashga, ta’lim sifatini ta’minlashning milliy yo‘nalishlarini hisobga olishga, tasavvuri keng, ijodiy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlashga xizmat qilgan;
ijodiy tasavvurga o‘rgatish bosqichlarini faollashtirishi asosida ishlab chiqilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurni rivojlantirish modeli 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 89-03-2674-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tasavvurni rivojlantiruvchi alifbe” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan;
o‘qitishning kreativ texnologiyalari asosida takomillashtirilgan sinfdan tashqari o‘qishda o‘quvchilarning ijodiy tasavvurni rivojlantirish mexanizmlaridan boshlang‘ich ta’lim materiallarini ishlab chiqishga oid takliflardan umum ta’lim maktablari o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 89-03-2674-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savod o‘rgatish davrida o‘qitish samaradorligining, o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlarining va o‘quv faolligining oshishiga erishilgan.