Babadjanov Atabek Davronbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy masalalari», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu182.
Ilmiy rahbar:  Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent;  Zulfiqarov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
partiya guruhlari vakolatlari doirasiga hududlarni rivojlantirish dasturlari loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etish huquqini kiritish zarurligi asoslangan;
saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi zarurligi asoslab berilgan;
mahalliy davlat hokimiyatining qarori loyihalari bo‘yicha yuridik xizmat xodimi tomonidan tayyorlaydigan ma’lumotnomada loyihaning jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozimligi asoslangan;
mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish faqatgina siyosiy partiyalarning tegishli organlari tomonidangina amalga oshirilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonuni 7-moddasining oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 06-13/1829-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar guruhlari vakolotlarining kengayishiga va partiyadan saylangan deputatlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
partiya guruhlari vakolatlariga hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish huquqini kiritish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonuni 141-moddasining birinchi qismi beshinchi bandini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2019 yil 15 oktyabrdagi 12-18-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokini kengaytirishga xizmat qilgan;
mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish faqatgina siyosiy partiyalarning tegishli organlari tomonidangina amalga oshirilishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 91-moddasi ikkinchi qismini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 26 noyabrdagi 05/01-1042-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish tizimini takomillashuviga va bunda ushbu vakolatni faqatgina siyosiy partiyalarga taqdim etilishiga xizmat qilgan;
mahalliy davlat hokimiyatining qarori loyihalari bo‘yicha yuridik xizmat xodimi tomonidan tayyorlaydigan ma’lumotnomada loyihaning jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim ekanligi haqidagi taklif 2013 yil 1 fevralda tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning 54-bandiga qo‘shimchalar kiritish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasining 2019 yil 3 dekabrdagi 3/01-493-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi mahalliy davlat hokimiyatining qarori loyihalarini yuridik ekspertizadan o‘tkazish va ushbu jarayonga jamoatchilik nazoratini tatbiq qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish