Tadjitdinov Karim Raxmatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat bankining raqobatdosh ustunliklarini shakllantirish va rivojlantirishning uslubiy jihatlari («Asaka» aksiyadorlik-tijorat banki misolida)», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt423.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish sharoitida tijorat banklarining raqobatdosh ustunliklarini shakllantirish va rivojlantirish borasida ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat bankining raqobatdosh ustunliklariga erishish “xodim – mijoz” munosabatlari sohasidagi ko‘rsatkichlar orqali ratsional baholashni amalga oshirish asosida bankning turli tuzilmalari o‘rtasidagi ichki raqobatni kuchaytirish hisobiga takomillashtirilgan;
tijorat banki faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari va moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llarini aniqlash raqobatdosh banklarning miqdor va sifat parametrlari, bozor muhiti ko‘rsatkichlarining dinamikligi va nostatsionarligi hamda bank mijozlarining xatti-harakatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
mamlakatdagi yirik banklarning raqobatdosh ustunliklarini baholash MDH mamlakatlari yetakchi tijorat banklari faoliyatini bank daromadliligi, kapitalini boshqarish va raqobatdoshlik darajasini ifodalovchi o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar orqali taqqoslash asosida takomillashtirilgan;
“Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining raqobatdosh ustunliklarini oshirish bo‘yicha 2021 yilga qadar ko‘p variantli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat bankining raqobatdosh ustunliklarini shakllantirish va rivojlantirishning uslubiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat bankining raqobatdosh ustunliklariga erishishni “xodim – mijoz” munosabatlari sohasidagi ko‘rsatkichlar orqali ratsional baholashni amalga oshirish asosida bankning turli tuzilmalari o‘rtasidagi ichki raqobatni kuchaytirish hisobiga takomillashtirish taklifidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Asaka” ATBning 2018 yil 9 avgustdagi RK-19-15/5639-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank hisob-kitoblariga ko‘ra nisbiy daromadlilikning o‘rtacha tortilgan o‘sishi 1,5 foizga oshgan;
tijorat banki faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari va moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llarini aniqlashda raqobatdosh banklarning miqdor va sifat parametrlari, bozor muhiti ko‘rsatkichlarining dinamikligi va nostatsionarligi hamda bank mijozlarining xatti-harakatlarini hisobga olish taklifidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining marketing tahlilini amalga oshirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Asaka” ATBning 2018 yil 9 avgustdagi RK-19-15/5639-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari va moliyaviy barqarorligini oshirish yo‘llari aniqlanib, bank sohasidagi amaliyotlarning ko‘lami 3 foizga oshgan;
mamlakatdagi yirik banklarning raqobatdosh ustunliklarini baholashni MDH mamlakatlari yetakchi tijorat banklari faoliyatini bank daromadliligi, kapitalini boshqarish va raqobatdoshlik darajasini ifodalovchi o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar orqali taqqoslash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Asaka” ATBning 2018 yil 9 avgustdagi RK-19-15/5639-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank ko‘rsatkichlari rivojlanish dinamikasini aniqlash imkoni yaratilib, bankning molyaviy ko‘rsatkichlari maqsadli parametrlaridagi daromad marjasi (RM) 8,2 foizdan 13,6 foizgacha ko‘tarilgan;
“Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining raqobatdosh ustunliklarini oshirish bo‘yicha 2021 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p variantli prognozi kelgusida bankning barqaror daromad olish qobiliyatlarini baholashda foydalanilgan (“Asaka” ATBning 2018 yil 9 avgustdagi RK-19-15/5639-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank sohasining kengayish tendensiyalarini hisobga olgan holda bank sohasidagi amaliyotlar ko‘lamini hozirgi vaqtdagi 12 foizdan kelgusida 15 foizgacha etkazish imkoniyati aniqlangan.