Gazieva Zuxra Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportda guruhiy jipslik shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (futbol komandalari misolida)», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi8.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jalilova Saboxat Xalilovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: futbol komandalarida jipslik shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik xususiyatlarni aniqlash hamda ularning samaradorligini oshirishga daxldor tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy jihatdan jamoa a’zolarini «yaqinlashtirish» bilan ularning «uyg‘un ijro etish» xususiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan «Jamoa jipsligini takomillashtirish»ning xulqning moslashuvchanligi, ijtimoiy ko‘nikuvchanlik kabi sotsial-psixologik xususiyatlar aniqlangan;
sportchilarning «izzattalablik» xususiyati yosh davrlariga ko‘ra qadriyatlar bo‘yicha mazmuniy «o‘z o‘rnini topish (status)», «o‘z harakatlari bilan ajralib turish», «o‘z qadrini saqlab qolishga harakatlanish» kabi turlari farqlanishi aniqlangan;
sportchilarning «umumiy agressiya darajasi», «o‘ziga ishonch», «maqsadga yo‘nalganlik», «ekstraversiya» kabi individual xislatlari jamoaning «faoliyat samaradorligi»dagi «mas’uliyatlilik» darajasiga harakatga undovchi ichki motivatsion kuch sifatida bevosita ijobiy ta’sir etuvchi korrelyatligi aniqlangan; 
futbolchilarning «ijtimoiy-psixologik statusi», «jamoa bilan maqsadining mos kelishi», «nizoli vaziyatlarni engish strategiyasi», «yangi sharoitga moslashish» kabi individual xususiyatlarning jamoaning «maqsadga yo‘nalganlik» ko‘rsatkichi bilan determinantlanganligi aniqlangan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sportda guruhiy jipslik shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tadqiqotida olingan natijalar asosida:
ijtimoiy jihatdan jamoa a’zolarini «yaqinlashtirish» bilan ularning «uyg‘un ijro etish» xususiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan «Jamoa jipsligini takomillashtirish»ning xulqning moslashuvchanligi, ijtimoiy ko‘nikuvchanlik kabi sotsial-psixologik xususiyatlar aniqlanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi  PM 15-son ma’lumotnomasi). Natijada guruhiy jipslikni shakllantirish, rivojlantirish ishlari, uyg‘un ijro etish xususiyati faoliyat jipsligining asosiy omili to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar bilan boyitilgan;
sportchilarning «izzattalablik» xususiyati yosh davrlariga ko‘ra qadriyatlar bo‘yicha mazmuniy «o‘z o‘rnini topish (status)», «o‘z harakatlari bilan ajralib turish», «o‘z qadrini saqlab qolishga harakatlanish» kabi turlari farqlanishi aniqlanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi  PM 15-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh davrlariga ko‘ra futbolchilarda emotsional o‘zgarishlar, qadriyatlar bo‘yicha farqlar bilan ilmiy bilimlar boyitilgan;. 
sportchilarning «umumiy agressiya darajasi», «o‘ziga ishonch», «maqsadga yo‘nalganlik», «ekstraversiya» kabi individual hislatlari jamoaning «faoliyat samaradorligi»dagi «mas’uliyatlilik» darajasiga harakatga undovchi ichki motivatsion kuch sifatida bevosita ijobiy ta’sir etuvchi korrelyatligi aniqlanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi PM 15-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan bilimlar individual xususiyatlarni faoliyat jipsligiga ta’sir etuvchi korrelyatlar to‘g‘risida tushunchalarni kuchaytirishga xizmat qilgan;
futbolchilarning «ijtimoiy-psixologik statusi», «jamoa bilan maqsadining mos kelishi», «nizoli vaziyatlarni engish strategiyasi», «yangi sharoitga moslashish» kabi individual xususiyatlarning jamoaning «maqsadga yo‘nalganlik» ko‘rsatkichi bilan determinantlanganligi aniqlanganligi doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi PM 15-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning jipsligini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari to‘g‘risida bilimlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish