Xolmurodov Laziz Zarifboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus jismoniy mashqlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped478.
Ilmiy rahbar: Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inayatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Xodjaev Faxriddin, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koordinatsion qobiliyati rivojlanishdan ortda qolayotgan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus jismoniy mashqlar va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik darajasi va muvozanat saqlash qobiliyatining rivojlanishdan ortda qolish (past, o‘rta va yuqori) darajalari aniqlangan;
muvozanat saqlash qobiliyati rivojlanishdan ortda qolayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va tayyorgarlikning yoshga xos nazorat mashqlari ishlab chiqilgan;
muvozanat saqlash qobiliyati rivojlanishdan ortda qolayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning statik va dinamik muvozanat saqlash qobiliyatlarini yaxshilovchi maxsus jismoniy mashqlar majmuasi va me’yorlari ishlab chiqilgan;  
koordinatsion qobiliyati rivojlanishdan ortda qolayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarda muvozanat saqlash qobiliyatini (statik va dinamik) yaxshilovchi maxsus jismoniy mashqlardan jismoniy tayyorgarlikni takomillashtiruvchi vosita sifatida maqsadli foydalanishga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuv (frontal, guruhli va individual) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida muvozanat saqlash va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan maxsus jismoniy mashqlar majmuasi «Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» o‘quv qo‘llanmasida bayon qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 03-07-08-2644-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning statik muvozanat saqlash qobiliyati 10,5%ga yaxshilangan;
ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasi hamda unda qo‘llanilgan vosita va uslublar «Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» o‘quv qo‘llanmasida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 03-07-08-2644-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarning dinamik muvozanat saqlash qobiliyati 7,6% ga rivojlanishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini oshirishga yo‘naltirilgan maxsus jismoniy mashqlar majmuasi «Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari» o‘quv qo‘llanmasida yoritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 03-07-08-2644-son ma’lumotnomasi). Natijada jismonan rivojlanishda ortda qolayotgan bolalarning jismoniy rivojlanishi darajasi 7,6% ga va jismoniy tayyorgarligi darajasi 8,5% ga yaxshilangan; 
koordinatsion qobiliyati rivojlanishdan ortda qolayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarda muvozanat saqlash qobiliyatini yaxshilovchi vosita sifatida maxsus jismoniy mashqlar majmuasi ishlab chiqilib, «Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari» o‘quv qo‘llanmasida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 03-07-08-2644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bolalarning harakatlar koordinatsiyasi o‘rtacha 11,2% ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish