Karimov Abdujamin Abdujalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar ta’limida kompetensiyaviy yondashuv asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Er usti transport tizimlari va ulardan foydalanish (transport turlari bo‘yicha) tayyorlov yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.Phd/Ped550.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar kollejlarida kompetensiyaviy yondashuv asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mehnat bozori ehtiyojlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar bo‘lajak mutaxassislarning texnologik jarayonlarni bajarish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, jamoada ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy fanlarni o‘qitishning didaktik imkoniyatlari hamda auditoriya va ishlab chiqarish ta’limi muhitida mashg‘ulotlarni tashkil etishning innovatsion shakllari (zamonaviy ma’ruza, video mashg‘ulotlar, syujetli-rolli) ishlab chiqarish muhitining dinamik o‘zgaruvchan talablari asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida kasbiy va amaliy topshiriqlarni bajarish bosqichlarini (tizimli tahlil, mantiqiy tahlil)ni optimallashtirish metodikasi “Story Telling”, “Basket”, “Shadowing” interfaol ta’lim metodlari asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini tashxislash komponentlari (reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, kreativ topshiriqlar) va mustaqil ta’limga yo‘nalganlikni baholash funksiyalari kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kasb-hunar ta’limida kompetensiyaviy yondashuv asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
kasb-hunar kolleji bitiruvchisining kasbiy kompetentligini tasniflash, tashxislash va tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlarini muvofiqlashtirish asosida raqobatbardosh kadr modeli mazmuni aniqlashga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka¬masining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorining 5-ilovasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir¬ligining 2019 yil 24 avgustdagi 89-03-3172-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar kollej o‘quv¬chi¬¬larining kompetensiyalari mazmunini aniqlashga va shakllantirishga xizmat qilgan;
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda kasbiy fanlarni o‘qitishning didaktik imkoniyatlari hamda auditoriya va ishlab chiqarish ta’limi muhitida mashg‘ulotlarni tashkil etishning innovatsion shakllarini(zamonaviy ma’ruza, video mashg‘ulotlar, syujetli-rolli) ishlab chiqishga doir takliflari F1-OT-0-90467-raqamli “Kasb-hunar kollejlarida kasblarni mehnat bozori ehtiyojiga mosligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 avgustdagi 89-03-3172-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashuviga xizmat qilgan;
umumkasbiy va maxsus fanlarni innovatsion va axborot texnologiyalaridan integrativ foydalanib o‘qitish, ishlab chiqarish amaliyotini “Story Telling”, “Basket”, “Shadowing” interfaol ta’lim metodlari asosida tashkil etishga oid ishlanmalar va ta’lim texnologiyalari “Kasb-hunar ta’limida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash metodikasi” uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 avgustdagi 89-03-3172-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy ta’minot kasb-hunar kollejlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qilgan.