Samatov Dilshodbek Toxirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim muhitini barqarorlashtirishda tolerantlik tamoyilining pedagogik asoslari (oliy ta’lim muassasalari misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped339.
Ilmiy rahbar: Matlyuba Qahhorova Mannofovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim muhitini barqarorlashtirish vositasi sifatida o‘quv jarayoni qatnashchilarining tolerantlik fazilatlarini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafiy konteksdagi tolerantlik tamoyilining tarkibiy elementlarini (mafkuralar xilma-xilligi, dunyo rang-barangligi va mintaqaviy madaniyatlarning o‘sishini tan olish) pedagogik faoliyatga integratsiyalash asosida zamonaviy pedagogikaning o‘ziga xos shakli (o‘zgalar fikrini hurmat qilish, bilimsizlarga nisbatan toqatli bo‘lish, pragmatik tarzda harakat qilish, kasbiy pozisiyaga ega bo‘lish) sifatidagi pedagogik tolerantlik tushunchasi ta’riflangan;
tolerantlik tamoyilining pedagogik komponentlari (ezgulikka etaklovchi, rivojlantiruvchi, barqarorlashtiruvchi) ta’lim muhitiga bag‘rikenglik elementlarini (millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, madaniyatlararo hamkorlik) qo‘llash asosida aniqlangan;
dinshunoslik, falsafa fanlari o‘quv jarayonida tolerantlik muhitini yaratish modeli motivatsion-informatsion, diagnostika-tuzatuvchi, yo‘naltiruvchi, belgilovchi, umumlashtiruvchi, aniqlovchi tarkibiy qismlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tolerant muloqot qobiliyatini shakllantirish bosqichlari tolerantlik fazilatlarini rivojlantirish va mustahkamlash (loyihalash ijodiy vazifa) texnologiyalari asosida o‘quv jarayonida muloqot tizimini amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari (madaniy xilma-xillik, ko‘p millatlilik, vijdon erkinligi, fikrlar xilma-xilligi) asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim muhitini barqarorlashtirishda tolerantlik tamoyilining pedagogik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy pedagogikaning o‘ziga xos shakli sifatidagi o‘zgalar fikrini hurmat qilish, bilimsizlarga nisbatan toqatli bo‘lish, pragmatik tarzda harakat qilish, kasbiy pozisiyaga ega bo‘lish omillarini jamlagan pedagogik tolerantlikning mazmunidan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 09-14/1827-son ma’lumotnomasi). Natijada tolerantlik tamoyili asosida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan;
millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, madaniyatlararo hamkorlik elementlarini samarali qo‘llash asosida aniqlangan tolerantlik tamoyilining ezgulikka etaklovchi, rivojlantiruvchi, barqarorlashtiruvchi pedagogik komponentlaridan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy Mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 23 oktyabrdagi 01-09-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada turli millatlar va madaniyatlar o‘rtasida tolerantlik tamoyilining pedagogik jihatlarini yanada ochib berilishiga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida motivatsion-informatsion, diagnostika-tuzatuvchi, yo‘naltiruvchi, belgilovchi, umumlashtiruvchi, aniqlovchi tarkibiy qismlari asosida tolerantlik muhitini yaratish modelidan PQ-43-07-son 1-ilovasi V bo‘limi Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 10 iyuldagi 02/09-934-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari zamonaviy mazmunli tashkillashtirilishiga erishilgan;
talabalar tafakkuriga tolerantlik g‘oyalarini singdirishning madaniy xilma-xillik, ko‘p millatlilik, diniy bag‘rikenglik, fikrlar xilma-xilligi prinsiplari va o‘quv jarayonida muloqot tizimini amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlaridan 2017-2019 yillar bajarilgan PZ-20170929280 raqamli “O‘zbekistonni jadal rivojlanish sharoitida yoshlarning tolerant dunyoqarashini shakllantirish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 avgustdagi 89-03-2912-son ma’lumotnomasi). Natijada tolerantlik tamoyilini ta’lim muhitiga singdirishning tendensiyalarini optimallashtirishga xizmat qilgan.