Chorshanbiev Zafar Esanpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Ped860.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Qahharov Siddiq Qahharovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almuradovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron ta’lim muhitini tashkil etish orqali bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak muhandislarning metodik va kasbiy tayyorgarligini amalga oshirishda ochiq hamda interfaol muloqotni ta’minlovchi elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional komponentlari (kontentli, texnologik va kommunikatsion) individual, kibernetik yondashuvlar asosida mazmunan takomillashtirilgan;
oliy ta’limda bo‘lajak muhandislar malaka talablari bilan ilm-fan taraqqiyoti tendensiyalarini integratsiyalash asosida ularning kasbiy tayyorgarligini namoyon qiluvchi muhim sifatlar (motivatsion, axborotli va faoliyatli)ning funksional xususiyatlari optimallashtirilgan;
muhandislik ta’limida ixtisoslik va tabiiy-ilmiy fanlardan talabalarning kasbiy malakalarini ingerentlik nuqtai nazaridan sintezlash asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorlash modelining komponentlari (maqsadli, tashkiliy-mazmunli jarayon va tahliliy-natijaviy) takomillashtirilgan;
oliy ta’limning elektron ta’lim muhiti (masofaviy va “face to face”)da “Intellektual jumboq”, “Qiziqarli modellashtirish”, “Ijodiy laboratoriya” kabi modulli ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish orqali bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti (muammoli vaziyat, kasbiy echimlar banki va baholash mezonlari) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
ochiq hamda interfaol muloqotni ta’minlovchi elektron ta’lim muhitining tarkibiy-funksional komponentlari (kontentli, texnologik va kommunikatsion)ni individual, kibernetik yondashuvlar asosida mazmunan takomillashtirish, bo‘lajak muhandislar malaka talablari bilan ilm-fan taraqqiyoti tendensiyalarini integratsiyalash asosida ularning kasbiy tayyorgarligini namoyon qiluvchi muhim sifatlar (motivatsion, axborotli va faoliyatli)ning funksional xususiyatlari optimallashtirishga doir takliflari AIF-2/15-“O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” (2019-2020 yy.) amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3554-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, talabalar kasbiy kompetentligini oshirish imkonini yaratgan.
“Intellektual jumboq”, “Qiziqarli modellashtirish”, “Ijodiy laboratoriya” kabi modulli ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish orqali elektron ta’lim muhiti (masofaviy va “face to face”)da bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalari “Muhandislik ixtisosligi talabalari uchun aniq integralni taqribiy hisoblash va xatoliklarini aniqlash” elektron qo‘llanma va “Kasbiy masalalarni echishda differensial tenglamalardan foydalanish” metodik ta’minot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3554-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak muhandislarning intellektual va axborot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
muhandislik ta’limida ixtisoslik va tabiiy-ilmiy fanlardan talabalarning kasbiy malakalarini ingerentlik nuqtai nazaridan sintezlash asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti (muammoli vaziyat, kasbiy echimlar banki va baholash mezonlari) hamda “Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi” mavzusidagi uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3554-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullari, vositalari, texnologik bosqichlari, kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi aniqlangan.