Qodirov Kamoliddin Botirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Individual asimmetriya qiyofasi shaxs tipologik xususiyatlarini belgilovchi omil sifatida», 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Psi2.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘spirinlarda individual asimmetriya qiyofasi va shaxs tipologik xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini nazariy-metodologik va empirik jihatdan asoslash hamda ularning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
individual asimmetriya qiyofalari shaxsning tipologik xususiyatlarini tavsiflovchi bir qator kognitiv, emotsional va regulyativ xislatlari hamda birinchi va ikkinchi signallar tizimlari ustunligini ifodalovchi psixofiziologik determinantlar sifatida aniqlangan;
miya funksional asimmetriyasi fenomenining xulqiy ifodasi bo‘lgan shaxs individual asimmetriya qiyofalarini tahlil qilishning yangi usuli, ya’ni assotsiativ tahlil yordamida natijalar empirik jihatdan isbotlangan;
miya funksional asimmetriyasining shaxs tipologik xususiyatlari sifatida namoyon bo‘lishi “Individual asimmetriya qiyofasini aniqlash” mualliflik so‘rovnomasi yordamida differensial tuzilmasi ishlab chiqilgan;
shaxsning individual asimmetriya qiyofasi bo‘yicha “o‘ng ko‘z va o‘ng kaft”, “chap ko‘z va o‘ng kaft”, “o‘ng ko‘z, o‘ng tirsak va chap kaft”, “chap ko‘z, o‘ng tirsak va chap kaft”, “o‘ng bosh barmoq, chap tirsak va chap kaft” hamda “chap bosh barmoq, chap tirsak va chap kaft” yetakchiligiga ko‘ra shaxs tipologik xususiyatlari determinatsiyasi modeli yaratilgan;
individual asimmetriya qiyofasini izohlash hamda shaxs tipologik xususiyatlarini aniqlash orqali bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy sifatlarini shakllantiruvchi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Individual asimmetriya qiyofasini shaxs tipologik xususiyatlarini belgilovchi omil sifatida o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
individual asimmetriya qiyofalari shaxsning tipologik xususiyatlarini tavsiflovchi bir qator kognitiv, emotsional va regulyativ xislatlarini hamda birinchi va ikkinchi signallar tizimlari ustunligini ifodalovchi psixofiziologik determinantlar sifatida aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidagi psixolog va tibbiyot xodimlarning bolalar bilan ishlash faoliyatida tatbiq qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/347-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar va yoshlarda uchraydigan turli kasalliklarning psixofiziologik va neyrofiziologik tomonlarini tahlil qilish va ilmiy jihatdan talqin qilishga yordam bergan;
miya funksional asimmetriyasi fenomenining xulqiy ifodasi bo‘lgan shaxs individual asimmetriya qiyofalarini tasniflashning yangi usuli assotsiativ tahlil yordamida empirik jihatdan asoslanganligiga doir ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi TDPUqoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixolog va pedagog xodimlarning ish faoliyatida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi p-m-15-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixolog kadrlar tayyorlash o‘quv kursida ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
miya funksional asimmetriyasining shaxs tipologik xususiyatlari sifatida namoyon bo‘lishi “Individual asimmetriya qiyofasini aniqlash” mualliflik so‘rovnomasi yordamida differensial aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidagi psixolog va tibbiyot xodimlarning bolalar bilan ishlash faoliyatida tatbiq qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/347-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Markaz psixologlariga o‘quvchi-yoshlar xulq-atvori va faoliyatini shakllantirishda individual yondashuvni qo‘llash samaradorligini oshirishga yordam bergan;
shaxsning individual asimmetriya qiyofasi bo‘yicha “o‘ng ko‘z va o‘ng kaft”, “chap ko‘z va o‘ng kaft”, “o‘ng ko‘z, o‘ng tirsak va chap kaft”, “chap ko‘z, o‘ng tirsak va chap kaft”, “o‘ng bosh barmoq, chap tirsak va chap kaft” hamda “chap bosh barmoq, chap tirsak va chap kaft” yetakchiligiga ko‘ra shaxs tipologik xususiyatlari determinatsiyasi modeli yaratilganligiga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidagi psixolog va tibbiyot xodimlarning bolalar bilan ishlash faoliyatida tatbiq qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/347-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan psixologik tavsifnomalar tuzish sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
individual asimmetriya qiyofasini o‘rganish hamda shaxs tipologik xususiyatlarini aniqlash orqali bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy sifatlarini shakllantiruvchi mexanizmlar asoslanganligi haqidagi yangilik Nizomiy nomidagi TDPUqoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixolog kadrlarni tayyorlash sifati samaradorligini oshirish maqsadida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi p-m-15-son ma’lumotnomasi). Bu psixolog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga yordam bergan.