Rahimov Akmal Matyaqubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari depozit bazasi va uni kengaytirish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt975.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklari depozit bazasini kengaytirishning nazariy-uslubiy va amaliy asoslarini tadqiq qilish, uni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari depozit bazasi tarkibida muddatli depozitlar hajmini va jozibadorligini oshirishda ularning foiz stavkasini muddatiga mos ravishda o‘sib borish tartibida belgilash zarurligi asoslangan;
yangi “online” omonatlar xizmatini tashkil etish va depozit hisobvaraqdagi mablag‘larni masofadan boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish taklif etilgan;
bir tarmoqda faoliyat yurituvchi va bir-biriga bog‘liq yirik mijozlar guruhini jalb etish hamda mazkur mijozlarga xizmat ko‘rsatishda bank tomonidan vositachilik haqqini pasaytirish va hisobvaraqlardagi qoldiqlarga o‘zaro kelishilgan holda foiz to‘lash taklif etilgan;
tijorat banklarining depozit mablag‘larni jalb qilish holatini tahlil usulini kiritish orqali o‘rganish asosida bank depozit bazasini kengaytirish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tijorat banklari depozit bazasi va uni kengaytirish yo‘llari borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari depozit bazasi tarkibida muddatli depozitlar hajmini va jozibadorligini oshirish maqsadida ularning foiz stavkasini muddatiga mos ravishda o‘sib borish tartibida belgilash yuzasidan berilgan takliflar “Trastbank” XAB tomonidan 2019 yilga mo‘ljallangan bank depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Trastbank” XABning 2019 yil 28 oktyabrdagi 01-331/3385-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bankning jami depozitlari tarkibida muddatli depozitlar hajmini 1,6 barobarga oshib, 380,33 mlrd. so‘mni tashkil etishiga olib kelgan;
yangi “online” omonatlar xizmatini tashkil etish va depozit hisobvaraqdagi mablag‘larni masofadan boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflari “Trastbank” XAB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Trastbank” XABning 2019 yil 28 oktyabrdagi 01-331/3385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Trastbank” XAB tomonidan mijozlarga bankning mobile ilovasi orqali “Onlayn-kelajak” va “Onlayn-farovon” kabi yangi online omonat turlari amaliyotga joriy qilishiga xizmat qilgan;
tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida bankda mijozlar klasterini tashkil etish orqali bir tarmoqda faoliyat yurituvchi va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan yirik mijozlar guruhini jalb etish va mazkur mijozlarga xizmat ko‘rsatishda bank tomonidan vositachilik haqqini pasaytirish va hisobvaraqdagi qoldiqlarga o‘zaro kelishilgan holda foiz to‘lashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan taklifi “Trastbank” XAB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Trastbank” XABning 2019 yil 28 oktyabrdagi 01-331/3385-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank tomonidan yirik mijozlar guruhi qabul qilindi va bank depozit bazasi 2019 yil boshiga nisbatan 289,5 mlrd. so‘mga oshib, 2019 yil 1 oktyabr` holatiga 2 638,5 mlrd. so‘mni tashkil etilishiga erishilgan;
tijorat banklarining depozit mablag‘larni jalb qilish holatini o‘rganish asosida bank depozit bazasini kengaytirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “Trastbank” XAB tomonidan 2019 yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Trastbank” XABning 2019 yil 28 oktyabrdagi 01-331/3385-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan bank depozit bazasini kengaytirish mexanizmini “Trastbank” XAB amaliyotida qo‘llash natijasida 2019 yil 1 oktyabr` holatiga bank depozit bazasi 2016 yil boshiga nisbatan 4,5 barobarga yoki yil boshiga nisbatan 79,1 foizga oshishiga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish