Qilichev Xayrulla Mamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu112.
Ilmiy rahbar: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01. 
Rasmiy opponentlar: Rahmonkulova Nilufar Hoji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori; Mehmonov Qambariddin Miradxamovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat ,ojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha umumnazariy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etadi; o‘z faoliyatiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi; fuqarolarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini ta’minlaydi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkinligiga oid qoida-talablarni belgilash asoslab berilgan;
fuqarolar yig‘inining tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va erlarni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi vakolatlarini belgilash asoslab berilgan; 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishiga oid holatlarni belgilash asoslab berilgan; 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli ekanligiga oid qoida-talablarni belgilash asoslab berilgan;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli ekanligiga oid qoida-talablarni belgilash asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish masalalariga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning ishtirokiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 sentyabrdagi O‘RQ-443-son «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunining 12-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 06/2-07-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflar huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 21 dekabrdagi O‘RQ-506-son «Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 06/2-07-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish faoliyatining huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ-513-son «Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 06/2-07-son ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifning inobatga olinishi fuqarolar yig‘inlari manfaatlarini himoya qilish, mahalla institutining jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish imkonini bermoqda;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish o‘tkazilishi ustidan nazorat qilishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 avgustdagi O‘RQ-559-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 06/2-07-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflar jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 avgustdagi O‘RQ-559-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 2-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 06/2-07-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazorati faoliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish