Butaeva Umida Aliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Psixologik etuklikning ijtimoiy-psixologik asoslari”, 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi bo‘yicha (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P40.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixivich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Mamadjon Mustafaevich. psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talaba-yoshlarda pcixologik etuklikning ijtimoiy-psixologik omillari ta’sirini nazariy-amaliy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologik etuklikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari «kognitiv», «konativ» va «emotsional» jabhalarda namoyon bo‘luvchi va shaxsiy sifatlar bilan ijtimoiy intellekt muammosini o‘zaro aloqadorligi keng qamrovli fenomen sifatida ochib berilgan;
psixologik etuklik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari «jins», «minimum-maksimum darajasi», «ijtimoiy intellekt», «shaxslilik xususiyatlari», «o‘zini o‘zi kamol toptirish» bilan aloqadorligi aniqlangan;
psixologik etuklikning vaziyatdan holi holda namoyon bo‘luvchi mas’uliyat bilan munosabatini tashxis etishning «Nosituativ mas’uliyatni o‘lchash so‘rovnomasi» va «VAS-vaziyatning asosiy sababi» metodikasi ishlab chiqilgan;
talaba-yoshlarda psixologik etuklikni aniqlash maqsadida elektron dastur yaratilgan hamda psixologik etuklik kompanentlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy treninglar uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Psixologik etuklikning ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
psixologik etuklikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ilk bor shaxs psixologiyasidagi alohida (kognitiv, konativ va emotsional jabhalarda namoyon bo‘luvchi) keng qamrovli fenomen sifatida ochib berilgan va sinovdan o‘tkazilgan hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi P-M-11-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxslararo munosabatlarni shakllantirishdagi ilmiy-metodik tavsiyalari kuchaytirilgan;
psixologik etuklik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari «jins», «minimum-maksimum darajasi», «ijtimoiy intellekt», «shaxslilik xususiyatlari», «o‘zini-o‘zi kamol toptirish» bilan aloqadorligiga doir olingan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi P-M-11-son ma’lumotnomasi). Talaba-yoshlarda psixologik etuklik darajalarini aniqlash ishlarining ilmiy va amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
psixologik etuklikni aniqlashga qaratilgan milliy muhitga mos bo‘lgan yoshlarning psixologik etukligini aniqlashga yordam beruvchi «NOM-nosituativ mas’uliyatni o‘lchash so‘rovnomasi», «VAS-vaziyatning asosiy sababi» maxsus ishlab chiqilgan metodikalar va «Psixologik etuklikni aniqlash diagnostikasi» nomli EHM (elektron hisoblash mashinalari) uchun yaratilgan dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan talabalar psixologik etukligini aniqlashga doir olingan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi P-M-11-son ma’lumotnomasi). Bu talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim jarayoni sifatining oshishiga xizmat qilgan;
talaba yoshlar bilan «Talabalar psixologik etuklik komponentlarini rivojlantirish» ilmiy-amaliy treninglari o‘tkazildi va dasturiy sinov amalga oshirishga hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 2 dekabrdagi P-M-11-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik etuklikni shakllanitrish ishlarining natijadorligiga erishilgan.