Abdullaeva Nafisa Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped1868.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.29.12.2018.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori; Po‘latova Farida Muxiddinovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorijiy davlatlar tajribasi asosida “Kelajak sari ilk ta’lim bilan” dasturini ta’lim shakllari (o‘yin, kommunikativ, bilish tadqiqotchilik, badiiy adabiyot, maishiy mehnat, konstruktorlik, jismoniy, tasviriy, musiqiy faoliyatlar) variatsiya asosida ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’limning muqobil shakllari (lekoteka, qisqa muddatli guruhlar, bolalarni rivojlantiruvchi o‘yin markazlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari) variativ yondashuv tamoyillari (ehtiyojga asoslanganlik, moslanuvchanlik, o‘zgaruvchanlik, modellashtirish, individuallashtirish, differensiyalash) asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’limning variativ yondashuvi individual ta’lim traektoriyalarini qurish, boshlang‘ich, oraliq, yakuniy natijadorlikni baholash komponentlarini loyihalashtirish bosqichlari (tayyorlov, texnologik, yakuniy) asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’limning muassasalari tarbiyalanuvchilarining maktabga tayyorgarligini baholash diagnostikasi tarbiyalanuvchilarining shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, rivojlanish dinamikasi va xususiyatlarini aniqlagan holda muqobil ketma-ketlikda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
xorijiy davlatlar tajribasining variatsiyasi asosida ishlab chiqilgan “Kelajak sari ilk ta’lim bilan” dasturidan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-5-37-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 89-03-1332-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv tarbiyaviy faoliyatni bola shaxsiga yo‘naltirilgan holda samarali amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
individual ta’lim traektoriyalarini qurish, boshlang‘ich, oraliq, yakuniy natijadorlikni baholash komponentlarini loyihalash bosqichlari hamda variativ yondashuv tamoyillari asosida takomillashgan maktabgacha ta’limning muqobil shakllaridan “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 27 fevraldagi 03-01/1-367 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur variativ dastur maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy qobiliyatini rivojlanish dinamikasini ta’minlashga, maktabga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
tarbiyalan uvchilarining shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, rivojlanish dinamikasi va xususiyatlarini aniqlagan holda muqobil ketma-ketlikda takomillashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining maktabga tayyorgarligini baholash diagnostikasi 2015-2017 yillarda bajarilgan A-5-37-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 89-03-1332-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorgarligini baholash diagnostikasi ommalashtirilgan.