Suyarov Kusharbay Tashbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fizik eksperimentlar asosida o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish”,  13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.Phd/Ped1148.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Qosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  fizik eksperimentlar asosida aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik lisey o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik faoliyatiga asoslangan, muammoli izlanish) hamda ta’lim faoliyati elementlari (motivi, izlanish faolligi, fikrlashning konvergent va divergent darajalari, bilishdagi kognitiv va kreativ sifatlar)ni kiritish orqali o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari (individual ishlash, tajriba qurilmasini yig‘ish, natijalarni taqqoslash va tahlil qilish) uchun didaktik elementlar (tizimlilik, izchillik, ko‘rgazmalik, funksionallik) turkumini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmuni (tadqiqot muammosi, tadqiqot g‘oyasi, tadqiqot metodi) va tashkiliy tuzilmasi amaliy turdagi eksperimental (ijodiy, tadqiqotchilik tavsifidagi) topshiriqlarni didaktik xususiyatlariga ko‘ra, tizimlashtirish va fanlararo bog‘liqlikdagi dinamik xossalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizik eksperimentlar va uni o‘tkazishga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik hamda metodik talablar asosida o‘quv tadqiqot ishining tashkiliy va amaliy jarayonlarining o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallari (matematik modellar, AKT dasturlari va fakul`tativ kurs dasturi)ni kiritish orqali takomillashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fizik eksperimentlar asosida akademik lisey o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik lisey o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ta’lim faoliyati elementlariga oid takliflar asosida “Fizikadan laboratoriya va namoyish tajriba ishlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 89-03-2247–son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanmalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun metodik ta’minotni hamda o‘quvchilarda fizik eksperimentlarni bajarish ko‘nikma va malakalar rivojlanishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari  uchun didaktik elementlar, o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmuni va tashkiliy tuzilmasi, amaliy turdagi eksperimental topshiriqlarga oid takliflari umumta’lim maktablarining 8- va 9-sinf fizika darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-02/1-2256-son ma’lumotnomasi). Mazkur darsliklar umumta’lim maktab o‘quvchilarida o‘quv  motivini oshirishga xizmat qilgan;
 fizik eksperimentlar va uni o‘tkazishga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik hamda metodik talablar asosida o‘quv tadqiqot ishining tashkiliy va amaliy jarayonlarining o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallaridan foydalanish imkonini beruvchi fizik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishning interfaol texnologiyasiga oid takliflardan «Umumta’lim maktablarida fizika fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-02/1-2256-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma umumta’lim maktab o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish