Rahimjonov Masrur No‘’monovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek mumtoz lirikasida marsiya janri”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.536.
Ilmiy rahbar: Hasanov Saidbek Rustamovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017. Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Tuxliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek mumtoz she’riyatida marsiya janrining paydo bo‘lishi, uning xalq og‘zaki ijodidagi yig‘ilarga, yig‘i-yo‘qlovlarga, yozma adabiyotdagi bitiglarga bog‘liqligi, genezisi, bitiglarning o‘ziga xos xususiyati va shakliy-poetik ifodasini ilmiy asosda yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi turkiy she’riyatdagi bitiglar, Alp-Er To‘ngaga bag‘ishlangan marsiyalar ko‘hna davrlarda kechgan ajdodlarimizning hayoti va ma’naviy madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan bashariy qadriyat sifatidagi ijtimoiy-estetik ahamiyati asoslangan;
tosh bitiglarning badiiy xususiyatlari, ayriliq, firoqlarning o‘ziga xos belgilari, Alp-Er To‘nga marsiyasining spesifik xususiyatlari ochib berilgan;
O‘rxun-Enasoy bitiglari, “Devonu lug‘otit turk”dagi Alp-Er To‘nga marsiyalari qadimgi turkiy xalqlar ma’naviy-intellektual madaniyatini, badiiy-estetik tafakkur tarzini o‘rganishda, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlashda ishonchli manbalar ekanligi asoslangan;
marsiyaning tarkibband-marsiya, g‘azal-marsiya, musamman-marsiya kabi ifoda ko‘rinishlarining o‘zbek mumtoz lirikasi janrlari va poetik shakllar sistemasidagi muhim o‘rni va ahamiyati aniqlangan;
tosh bitiglarning yig‘ilarga aloqadorligi masalasi, marsiyaning o‘lgan qahramon nutqida ifodalanishdek ilk shakli, yig‘i-yo‘qlovlarning mavzu doirasi, badiiyati (ota, ona, o‘g‘il, qiz, kelin, xalq qahramoniga bag‘ishlangan) tahlillar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek mumtoz lirikasida marsiya janri va uning ifoda shakllarini ilmiy-nazariy umumlashtirish asosida: 
qadimgi turkiy she’riyatdagi marsiya namunalarida ayriliq, firoqlar, xalq she’riyatidagi yig‘ilar va yig‘i-yo‘qlovlar tahliliga doir xulosalardan 2007-2011 yillarda bajarilgan OT-F8-027 raqamli «Qo‘lyozma manbalarning miliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 89-003-4522-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi marsiya janrining mazmun-mohiyati, ijodkorning adabiy orzu-istaklari va ularning badiiyati yuzasidan aniq xulosalar chiqarishga imkon bergan;
O‘rxun-Enasoy bitiglari, “Devonu lug‘otit turk”dagi Alp-Er To‘nga marsiyalari qadimgi turkiy xalqlar ma’naviy-intellektual madaniyatini, badiiy-estetik tafakkur tarzini o‘rganishga oid xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida ilmiy-amaliy tadbirlar loyihalarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 7 oktyabrdagi 01/07-1340-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk mutafakkirlar Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher, Roqim, Nodira, Kulfat, Haziniy, Hilvatiylar faoliyati bo‘yicha tashkil etilayotgan tadbirlar ilmiy-nazariy fikrlar bilan boyitilgan;
tadqiqotda “Devoni lug‘atit turk”dagi Alp-Er To‘nga marsiyasi, Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher vafotiga bag‘ishlab yozgan marsiyasiyalardan O‘zbekiston hududidagi islom svilizatsiyasiga oid nomoddiy yodgorliklarni tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2019 yil 25 noyabrdagi 466/19-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bo‘yicha “Devoni lug‘atit turk”dagi Alp-Er To‘nga marsiyasi, Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher vafotiga bag‘ishlab yozgan marsiyalari, Roqim, Nodira, Kulfat, Haziniy, Hilvatiylarning tarkibband-marsiya, g‘azal-marsiya, musamman-marsiyalari bo‘yicha tayyorlangan risola O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasiga topshirilgan;
bitiglarning badiiy xususiyatlari, ayriliq, firoqlarning o‘ziga xos belgilari kabi umumiy ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent” telekanalida efirga uzatilgan “Toshkent vaqti”, “Kitobxon” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” telekanalining 2018 yil 14 maydagi 02.02.300-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy, Nodira, Uvaysiy, Haziniy kabi o‘zbek mumtoz shoirlari ijodiga bag‘ishlangan qator ko‘rsatuv va eshittirishlar saviyasini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish