Sayt test rejimida ishlamoqda

Irsalieva FatimaXusnutdinovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda maxsus immunoterapiyani respiratorli allergozlarda optimallashtirishning zamonaviy jihatlari», 14.00.36 – allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib527.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarov Azadbek Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.16.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jannat Baxitovna Ispaeva tibbiyot fanlari doktori, professor; Sradjeddin Babaxodjaev, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shuxrat Xudayberdievich Ziyadullaev, tibbiyot fanlari doktori.

Etakchi tashkilot nomi: Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi «Immunologiya instituti» Davlat ilmiy markazi (Moskva, Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: pollinozli bemorlarda allergen-maxsus immunoterapiya ta’sirini asoslash va O‘zbekiston hududida respirator allergozli bemorlarni davolash strategiyasini ishlab chiqishdan iborat

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston sharoitida hududiy chang allergenlarini hisobga olgan holda noinvaziv sublingval AMIT imkoniyatlari aniqlangan va AMITdan so‘ng nomaxsus va allergen-maxsus to‘qimaviy sezuvchanlikning sezilarli ravishda pasayishi kuzatilgan;

ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati klinik, immunologik ma’lumotlari hamda ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqligining AMIT samaradorligi va samarasizligi prognoziga ta’siri aniqlangan;

O‘zbekiston hududida chang sezuvchanligi xarakteriga qarab pollinozlarning «mavsumiy huruj»lari tuzilishi ishlab chiqilgan va modifikatsiyalangan aralash va/yoki yil davomidagi AMITni kengaytirish uchun bemorlarning potensial kontingenti belgilangan;  

pollinozlarni davolashda yangi yo‘nalish – AMITga bo‘lgan kombinirlangan yondashuv va/yoki tizimli enzimoterapiya bilan birga o‘tkaziladigan yil davomidagi AMIT ishlab chiqilgan.

   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda respiratorli allergozlarda maxsus immunoterapiyani optimallashtirishning zamonaviy jihatlari bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ilmiy ixtisoslashgan allergologiya markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi III klinikasi, Toshkent 1-son klinik kasalxonasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 martdagi 8H-3/50-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar sublingval immunoterapiya ananaviy uslublardan samaradorligini ko‘rsatgan, davolash samarasi va hayot tarzi sifatini oshirgan, remissiya davrini uzaytirgan, dori-darmonlarga extiyojini kamaytirgan  va uni qo‘llash yil davomida murojaat qilgan allergik kasallar soni bo‘yicha 23,9 mln so‘m iqtisod qilish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish