Qo‘ysinova Fazilat Oripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islom konferensiyasi tashkiloti Yaqin Sharq arab davlatlari siyosiy integratsiyalashuvining omili sifatida», 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ss131.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.28.12.2017.S.21.02.
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Nihola O‘zbekovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Abdullaev Nodir Abdulhayevich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asrning 1969–1990 yillarida Islom konferensiyasi tashkilotining Yaqin Sharq arab davlatlari siyosiy integratsiyalashuvidagi o‘ziga xos o‘rni va ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Arab musulmon birdamligini kuchaytirish, milliy-diniy manfaatlar himoyasi zarurati Yaqin Sharq arab davlatlarini nomutanosib tashqi siyosati mintaqa hayoti uchun xavfliligini anglab etishi ularni siyosiy jihatdan birlashishiga asos bo‘lganligi ochib berilgan;
islom konferensiyasi tashkiloti tashkil topishining tarixiy, siyosiy, mafkuraviy omillari, shuningdek, Yaqin Sharq arab davlatlarining musulmon hamdardligi asosida birlashishi va konsolidatsiyasi asoslab berilgan;
islom konferensiyasi tashkiloti rivojlanish tendensiyalari, tashkilotning Yaqin Sharq arab davlatlari siyosiy integratsiyasida muhim institusional omil bo‘lganligi asoslangan;
islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo davlatlar, xususan, Yaqin Sharq arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar tendensiyasi, tashkilotning musulmon manfaatlariga oid barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan faoliyati ochib berilgan;
islom konferensiyasi tashkilotining xalqaro munosabatlarga ta’siri, maqomi aniqlangan va islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamkorligni mustahkamlashdagi muhim cub’ekt ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Islom konferensiyasi tashkilotining Yaqin Sharq arab davlatlari siyosiy integratsiyalashuvi jarayonlariga ta’siri hamda tashkilotning xalqaro munosabatlardagi ishtirokini yanada takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida: 
Islom konferensiyasi tashkiloti (Islom hamkorlik tashkiloti)ning xalqaro munosabatlarga ta’siri, ushbu tizimda tutgan o‘rni, xalqaro maqomi, tashkilotning musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy hamkorligini mustahkamlashdagi roli, shuningdek, globallashuv sharoitida mintaqada vujudga kelgan nizolarga nisbatan tashkilotning siyosiy pozisiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston Respublikasi va Islom hamkorlik tashkiloti o‘rtasida imzolangan «Yo‘l xaritasi»da foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2019 yil 20 maydagi 02/166-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston Respublikasi va Islom hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi «Yo‘l xaritasi»ning 2-3-bandlari ijrosini bajarilishi borasida chora-tadbirlar ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Islom konferensiyasi tashkilotining rivojlanish tendensiyalariga daxldor bo‘lgan qarashlar tashkilotning Yaqin Sharq arab davlatlari siyosiy integratsiyasi uchun muhim omil bo‘lganligi, Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo davlatlar, xususan, Yaqin Sharq arab davlatlari o‘rtasidagi nizolar va kelishmovchiliklarning rivojlanish tendensiyalari, sabablari yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan 2019 yil 7-8 oktyabr` kunlari o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi yig‘ilishi hujjatlarini shakllantirishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 03/1257-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar «Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo‘lida yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning ahamiyati» mavzusidagi Yillik 6-seminar hujjatlarini ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Islom konferensiyasi tashkiloti tashkil topishining tarixiy, siyosiy, g‘oyaviy omillari, Yaqin Sharq arab davlatlarining islom dini va musulmon hamdardligi asosida birlashishi, konsolidatsiyasi, shuningdek, tashkilotning rivojlanish tendensiyalariga daxldor bo‘lgan ilmiy xulosalardan «Harakatlar strategiyasini bajarish davrida mamlakatimizda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari» mavzusidagi ITD-1-(42) raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 maydagi 89-03-2266-son ma’lumotnomasi). Natijada Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo davlatlar, xususan, Yaqin Sharq arab davlatlari o‘rtasidagi nizolar va kelishmovchiliklarning rivojlanish tendensiyalari, sabablariga daxldor bo‘lgan ilmiy xulosalardan loyiha bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua va qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Islom konferensiyasi tashkilotiga a’zo davlatlarni islom dini va musulmon hamdardligi asosida birlashishi, konsolidatsiyasi borasidagi xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanali davlat unitar korxonasi tomonidan «Osoyishta hudud» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 1 maydagi 03-16-577-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalardan tinglovchilarda Islom konferensiyasi tashkiloti tashkil topishi va unga a’zo davlatlarning islom dini va musulmon hamdardligi asosida birlashishi, konsolidatsiyasi borasida fikrlari shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish