Yusupova Sevara Nizamitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991–2016 yillar, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar182.
Ilmiy rahbar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.31.01.2019.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori; Xadjamuratova Matlyuba Xashimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik yillarida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi demografik rivojlanishning millatlaro munosabatlarga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan millat vakillarining mustaqillik yillarida tarixiy vatanlariga ixtiyoriy qaytib ketishi Farg‘ona vodiysi demografik vaziyatiga keskin ijtimoiy ta’sir ko‘rsatmagani holda, yuqori malakali mutaxassislarning kamayishi, mahalliy millat vakillari orasida shaharlashuv tendensiyasining faollashuviga olib kelganligi ochib berilgan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida etnopsixologik vaziyatning aholi o‘sishi kamayishiga, jumladan, ko‘p bolalikdan o‘rta va kam bolalikning qaror topishiga, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro nikoh munosabatlarining ko‘payishiga, tashqi migratsiyadagi mahalliy millat vakillari hisobiga etnik aralash oilalar sonining ortib borishiga ta’siri aniqlangan; 
davlat siyosati ustuvorligi asosida jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikning ta’minlanganligi, ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usining mustahkamlanganligi, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda davom etayotgan globallashuv va transformatsiya jarayonida respublikaning obro‘-e’tibori va imiji oshganligi sababli milliy va umuminsoniy munosabatlarning imkoniyati tobora kengayib borayotganligi Farg‘ona vodiysidagi turli millat vakillarining o‘zaro hamjihatligiga zamin yaratayotgani asoslangan;
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi, uning erkin raqobatga asoslanishi sharoitida ijtimoiy himoya borasidagi chora-tadbirlar Farg‘ona vodiysi aholisining daromadlar miqdori bo‘yicha katta farq bilan tabaqalanishining oldini olganligi, bu boradagi davlat ijtimoiy siyosati natijasida aholi turmush darajasini ko‘tarishga, uning farovonligini oshirishga erishilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi demografik holatni o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
viloyatlardagi milliy-madaniy markazlar faoliyatida aholining tabiiy o‘sish dinamikasi va migratsiya tendensiyalariga oid ma’lumotlardan zamonaviy demografik-transformatsion jarayonlarning xususiyatini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 19 fevraldagi 01-09-271-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi Milliy-madaniy markazlarning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi demografik jarayonlar bilan bog‘liq hududiy muammolarning oldini olish borasidagi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari aholisi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar, tub joy aholi salmog‘ining ortib borishi va aholi migratsiyasining xalqaro miqyosda faollashishiga oid materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “O‘zbekiston – tinchlik, barqarorlik, ezgulik va xotirjamlik diyori!” mavzusidagi 44-13/94 raqamli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 89-03-2871-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, millatlararo va fuqarolar totuvligini mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish va yoshlarda milliy totuvlik hamda “Yagona Vatan” tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan;
vodiy viloyatlaridagi demografik vaziyatga xos bo‘lgan aholi sonining tabiiy va mexanik o‘sishi, milliy tarkibidagi o‘zgarishlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Mustaqillik yillarida Andijon” nomli ekspozisiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 1 noyabrdagi 7612-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar vodiydagi demografik jarayonlarning millatlararo munosabatlarga ta’siri mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash, diniy bag‘rikenglik va tolerantlik, barcha millat va xalqlarning teng huquqliligi kabi tamoyillarning hayotga tatbiq etilishiga doir taklif va tavsiyalardan “Barkamol yoshlar – ko‘p millatli O‘zbekiston kelajagi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlardan turli millatlarga xos tarixiy qadriyatlar, urf- odatlar va milliy tarbiya an’analarini asrab avaylash hamda keng aholi qatlamlariga targ‘ib etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 10 noyabrdagi 04-13/5842-son ma’lumotnomasi). Natijalarning tatbiq etilishi ommaviy madaniyatning yoshlar orasida salbiy ta’sirining oldini olishga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishga, shuningdek, yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilgan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi demografik holatning o‘ziga xos jihatlariga doir tadqiqot natijalari, xulosa va takliflaridan “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Oltin halqa”, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” ko‘rsatuvlari ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston 24” teleradiokanalining 2018 yil 4 iyuldagi 01-09-686-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli aholining mamlakatimizdagi turli millat va elatlarning o‘zaro do‘stona munosabatlari, ularning milliy qadriyatlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish