Madenova El`mira Nzamatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi”, 08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt445.
Ilmiy rahbar: Axmedov Tursun Muxitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, DSc.29.06.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ermamatov Shonazar Jumaqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi yuzasidan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rejasi Orol dengizi ta’siri ssenariylari ijobiy va salbiy oqibatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini baholashga asoslangan optimal variantini tanlash ssenariy uslubi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2019-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirish darajasini reyting usuli aholining, birinchi navbatda, ish joylari, toza ichimlik suvi, avtombil` yo‘llariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, xavf-xatarlarni aniqlash ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmani boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash aholini ijtimoiy-iqtisodiy, oziq-ovqat va ekologik xavfsizligiga erishish talablaridan kelib chiqqan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
mintaqani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha berilgan uslubiy yondashuviga oid tavsiyalardan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan tayyorlangan “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida hamda “Mintaqa doirasida strategik rejalashtirish hujjatlarini”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 25 iyundagi BU-1-8/20-86-son ma’lumotnomasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 14 iyundagi 09-06/277-7-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amaliyotda joriy qilinishi mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tartibga solish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, tayyorlangan prognoz va dasturlarning sifatini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2019-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini tayyorlashda taklif etilgan maqsadli makroiqtisodiy parametrlardan, real sektorni rivojlantirish ko‘rsatkichlaridan keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 25 iyundagi BU-1-8/20-86-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2019 yil 14 iyundagi 09-06/277-7-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif asosida ishlab chiqilgan dastur va strategiyalarda aholining turmush darajasini boshqa mintaqalarga nisbatan yuqoriga ko‘tarish, oldindan aniqlangan xavf-xatarlarga qarshi chora-tadbirlar tayyorlangan;
o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha aniqlangan ijtimoiy sohani rivojlantirish muammolari reytingini e’tiborga olgan holda, respublikada aholi bandligi, ekologik vaziyat, mahalliy avtomobil` yo‘llari holati, toza ichimlik suvi va maktabgacha ta’lim masalasi bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan mintaqada maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan ( Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 14 iyundagi 09-06/277-7-son ma’lumotnomasi). Berilgan takliflarni amaliyotda qo‘llanilishi tizimli muammolarni hal qilish, aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish joylarini tashkil qilish ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmani boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlashga oid takliflardan Vazirlar Kengashining 2019 yil 17 maydagi 01-08/16-05/108-son bayonnomasiga muvofiq o‘rta va uzoq kelajakka mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 14 iyundagi 09-06/277-7-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash mintaqaning boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan va raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish va tizimli muammolarni hal qilishga hissa qo‘shgan.