Al`djanova Guljaxan Amangel`dievnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini loyihali-kontekstli texnologiya sharoitlarida shakllantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped682.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat  pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: loyihaviy-kontekstli texnologiyani qo‘llash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy faoliyati samaradorligi va maqbulligini  ta’minlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, affektiv, kreativ) produktiv faoliyatni tashkil etishning integrativlik tamoyilini kasbiy kompetensiyalar tizimiga induktiv joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
 kasbiy faoliyatni modellashtirish, imitatsiyalash, nostandart vaziyatlarda kreativ fikrlash faolligini ta’minlash, umumo‘quv ko‘nikmalarni deduktiv jarayonlar bilan maqbullashtirish asosida loyihaviy-kontekstli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
loyihaviy-kontekstli ta’limga asoslangan pedagogik jarayon tarkibiy asoslari (natijaviylik, qulaylik, amaliylik) kasbiy ijodkorlikning reproduktiv-algoritmik, konstruktiv-modulli, analogik, evristik darajalarini pedagogik loyihalash tuzilmasining refleksiv komponenti bilan integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish modelining texnologik komponenti diagnostik topshiriqlarni (vitagen, shaxsiy, kasbiy vaziyatlar) freym texnologiyasining kognitiv-grafik, mantiqiy, produksion vizualligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini loyihali-kontekstli texnologiya sharoitlarida shakllantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy faoliyati samaradorligi va maqbulligini  ta’minlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, affektiv, kreativ) produktiv faoliyatni tashkil etishning integrativlik tamoyilini kasbiy kompetensiyalar tizimiga induktiv joriy etish, kasbiy faoliyatni modellashtirish, imitatsiyalash, nostandart vaziyatlarda kreativ fikrlash faolligini ta’minlash, umumo‘quv ko‘nikmalarni deduktiv jarayonlar bilan maqbullashtirish asosida loyihaviy-kontekstli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga doir amaliy tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoniga loyihaviy-kontekstli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
loyihaviy-kontekstli ta’limga asoslangan pedagogik jarayon tarkibiy asoslari, kasbiy ijodkorlikning reproduktiv-algoritmik, konstruktiv-modulli, anologik, evristik darajalarini pedagogik loyihalash tuzilmasining refleksiv komponenti bilan integratsiyasini ta’minlashga doir takliflardan P3201727124 raqamli “Hamkorlik asosida ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatini rivolantirish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi pedagogik atamalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish modelining texnologik komponenti, diagnostik topshiriqlar (vitagen, shaxsiy, kasbiy vaziyatlar), freym texnologiyasining kognitiv-grafik, mantiqiy, produksion vizualligini ta’minlashga doir takliflardan A1-XT-0-92997 raqamli “Umuminsoniy, milliy va tarixiy an’analarning uyg‘unligi asosida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi muammolari” (2014-2015 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda loyihaviy ta’lim texnologiyasini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish