Muminova Ziyoda Abrorovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir respirator infeksiyalarda homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni prognozlash va profilaktikasi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib186.
Ilmiy maslahatchi: Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilaning perinatal patologiyasida va gestatsiyaning kechish asoratlari rivojlanishida o‘tkir respirator infeksiyalarning patogenetik o‘rni va ularning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda o‘tkir respirator infeksiyaning og‘ir kechishi gripp A1(H1N1) hamda A2 (H3N2) va respirator-sinsitial viruslarining yuqori faolligiga va o‘ta yuqumliligiga ilk bor bog‘liqligi aniqlangan;
O‘RIning og‘ir kechishi homilador ayollarda 56,9% da virus-virusli uyushmalar tufayli, bulardan eng ko‘p kuzatiladigan birlashmalar A1 va RS gripplari hamda A1 grippi bilan A2 grippligi aniqlangan;
homilador ayollarda og‘ir O‘RI shakllanishi mexanizmida biokimyoviy jarayonlarning buzilishi muhim rol` o‘ynashi aniqlanib, bu esa yo‘ldosh disfunksiyasi natijasida perinatal patologiya rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
LDG va KFK darajasidagi patologik o‘zgarishlar aniqlangan holda og‘ir o‘tkir respirator infeksiyani erta tashhislash va prognozlash asoslangan;
homiladorlik davrida perinatal asoratlar rivojlanishida har bir virusning va ular kombinatsiyasining ahamiyatini tasdiqlovchi hamda homila patologiyasi rivojlanishiga virusli infeksiyaning yuqori xavfi aniqlangan;
homilador ayollarda o‘tkir respirator infeksiyadan so‘ng rivojlangan akusherlik va perinatal asoratlar (platsentar disfunksiya, homila to‘g‘ma nuqsonlari, og‘ir preeklampsiya va muddatdan oldingi tug‘ruq) va ularning qon zardobidagi fetal DNK ko‘rsatkichining o‘zgarish darajasi o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion aloqa aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir respirator infeksiya o‘tkazgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarni prognozlash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘tkir respirator infeksiya o‘tqazgan homiladorlarda perinatal asoratlarni bashorat qilish va xavf omillari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 8n-d/279-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda o‘tkir respirator infeksiyalar natijasida yuzaga keladigan turli kasalliklar va homiladorlik asoratlarni erta tashxislash imkonini bergan;
o‘tkir respirator infeksiyalarda homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarni prognozlash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika perinatal markazi, Xorazm viloyati perinatal markazi va Toshkent shahridagi 9-tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 8n-z/167-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan natijalar O‘RI o‘tkazgan homiladorlarda akusherlik asoratlarni va perinatal yo‘qotishlar sonini kamaytirgan, bu esa iqtisodiy zararlarni qisqartirish va perinatal asoratlar va onalar o‘limini kamaytirish imkonini bergan.